Jahon | 17:18 / 05.02.2018
7203
1 daqiqa o‘qiladi

Gollandiya rasmiy ravishda Turkiyadagi elchisini chaqirib oldi

Foto: Reuters

Gollandiya TIV Turkiyadagi elchisini rasmiy ravishda ortga chaqirib oldi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Ta'kidlanishicha, Turkiya hukumati diplomatga mamlakatga kirishni qariyb bir yil muqaddam taqiqlab qo‘ygan. Niderlandiya hukumati bunga javoban mamlakatdagi yangi elchisini tayinlashdan bosh tortdi.

Ayni damga kelib ushbu davlatlar o‘rtasida bu masala bo‘yicha muzokaralar to‘xtatilgan.

Niderlandiya o‘tgan yilning boshida turk amaldorlariga vizalar berishdan bosh tortdi, ular mamlakatda yashovchi turklar o‘rtasida Turkiyada 2017 yilning martidagi konstitutsiyaviy referendumdan avval tashviqot ishlarini olib borishmoqchi bo‘lishgan. Niderlandiyada bu vaqtda saylovlar bo‘lib o‘tayotgandi.

Қаҳрамон Асланов
Tayyorlagan Қаҳрамон Асланов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid