Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘qituvchilarning qadr-qimmatini oshirishga yo‘naltirilgan qaror loyihasi ishlab chiqilmoqda
Jamiyatda o‘qituvchilarning qadr-qimmati, sha'ni, nufuzini oshirish, ularni moddiy va ma'naviy rag‘batlantirish choralarini ko‘rishga yo‘naltirilgan qaror loyihasi tayyorlandi. U mart oyida muhokamaga qo‘yilib, kuz oylarida qabul qilinadi. Xalq ta'limi vaziri U.I.Inoyatov KUN.UZ muxbirining o‘qituvchi va uning jamiyatdagi o‘rniga doir savoliga javob berar ekan, shu haqida ma'lum qildi.
Vazirning so‘zlariga ko‘ra, mazkur qarorda uzoq hududlarda ishlash istagini bildirgan o‘qituvchilarga imtiyozlar yaratish, ularning uy-joy sharoitini yaxshilash, o‘z faoliyatlarini olib borishlari uchun qo‘shimcha imtiyozlar berish, jamiyatda o‘qituvchining nufuzini oshirish, ularni moddiy va ma'naviy rag‘batlantirish choralarini ko‘rishga yo‘naltirilgan qaror loyihasi tayyorlangan, u muhokamadan o‘tgandan keyin qabul qilinadi.
"Bu savol juda dolzarb. Bu har birimizning ichimizdagi savol. Har bir o‘qituvchining dilida turgan, ko‘nglini og‘ritayotgan savol. Bunday holatlar bilan barchamiz birgalikda kurashishimiz kerak. Har kim o‘z vazifasini sidqidildan bajarishi kerak. Muhtaram yurtboshimiz shu vazifani oldimizga qo‘yganlar", - deydi vazir.
Shu o‘rinda ta'lim tizimi sohasida faoliyat yurituvchilar va talabalarning qishloq xo‘jaligiga jalb qilinishi to‘xtatilgani qayd etildi. Metallolom bo‘yicha ham Vazirlar Mahkamasi qaror chiqarib, bu ishni taqiqlab qo‘ygani va kimda kim unga qarshi chiqsa, jazolanishi belgilab qo‘yilgani ta'kidlandi.
"Biroq hali-hanuz bu masalada kamchiliklar bor, ba'zi pedagog xodimlarni ularning lavozimiga xos bo‘lmagan ishlarga jalb etish holatlari uchrab turadi. Bu bo‘yicha qattiq kurash olib boryapmiz. Buni hammamiz birgalikda olib borsak, yanada samarali natija beradi", - dedi U.Inoyatov.
Vazir sohadagi kamchiliklarni tan olar ekan, ularga qarshi barchani - rahbarlar, ota-onalar, o‘qituvchilar, OAVni birgalikda kurashishga chorladi.
Mavzuga oid
11:37 / 26.05.2025
Dehlida O‘zbekiston-Hindiston ta’lim forumi o‘tkazildi
17:17 / 22.05.2025
3 yoshli jiyanini 3 ta tilda gapirtirgan yigit: miya sirlarini o‘rganayotgan Jamshidbek hikoyasi
15:28 / 19.05.2025
Surxondaryoda 11 nafar o‘qituvchi 2 ming dollardan ko‘p maosh olayotgani aytildi. Prezident buni Britaniya bilan taqqosladi
18:16 / 15.05.2025