Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskva aholisi kuchli qordan keyin ommaviy ravishda belkurak xarid qila boshladi
Moskva va Moskva viloyatidagi rekord darajadagi qor yog‘ishi qor tozalovchi anjomlarga talabning keskin oshishiga sabab bo‘ldi.
Jumladan, hafta ichida belkuraklarga talab 11 marta, qor tozalovchi qurilmalarga 8 marta oshib ketgan. Shuningdek, avtomobil uchun mo‘ljallangan aksessuarlar, misol uchun, oynalar uchun cho‘tkalarga talab 7 martaga oshgan.
Ma'lum qilinishicha, eng arzon belkurakni (ushlagichi va sopi bo‘lmagan variant) 64 rublga, eng arzon qor tozalagichni esa 2,3 ming rublga sotib olish mumkin.
Moskvada qatorasiga 2-kun qor yog‘moqda. Birinchi kun – 4 fevralda yoqqan qor miqdori oylik me'yorning 122 foizini tashkil qilgan. Izg‘irin oqibatida 2 mingtaga yaqin daraxt qulagan, 100 dan ko‘proq aviareyslar ushlangan, bir kishi halok bo‘lgan va 5 kishi jarohat olgan. Ob-havo mutaxassislari yaqin kunlarda yog‘ingarchilik davom etishini prognoz qilishmoqda.
Mavzuga oid
08:25 / 28.05.2025
Sobyanin: Moskva yaqinida 30 dan ortiq dron yo‘q qilindi
07:41 / 10.05.2025
Moskvada Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putinning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
19:49 / 08.05.2025
Shavkat Mirziyoyev Moskvaga yetib bordi
14:35 / 08.05.2025