Jahon | 14:16 / 07.02.2018
20732
1 daqiqa o‘qiladi

BAAda 8,4 mln dollarlik avtomobil raqami xaridori 3 yilga qamaldi

Foto: Khaleej Times

BAAda 8,4 mln dollarlik avtomobil raqamini sotib olgan xaridor 3 yillik qamoq jazosiga tortildi. O‘zini firibgarlikda aybdor deb tan olgan ushbu shaxs jazoni Abu-Dabidagi turmada o‘taydi.

2016 yil noyabrda 33 yoshli erkak auksionda “1” raqamini 31 mln dirhamga (8,4 mln dollar) sotib olgan. U auksion tashkilotchilari arizasiga ko‘ra ushlangan. Aniqlanishicha, erkak raqam uchun yetarlicha mablag‘ bilan ta'minlanmagan chek bilan hisob-kitob qilmoqchi bo‘lgan.

So‘roq vaqtida erkak bankdagi hisob raqamida xaridni amalga oshirish uchun yetarlicha mablag‘ yo‘qligini bila turib chek taqdim qilganini tan olgan. Uning aytishicha, u noyob raqamni sotib, shundan keyin o‘z qarzini uzmoqchi bo‘lgan.

Biroq BAAda to‘liq to‘lovi amalga oshirilmagan bitimlar noqonuniy hisoblanadi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid