Tabiiy ofatlar Tojikistonga yarim milliard dollarlik zarar yetkazdi
Tojikistonda 2017 yilda vayron bo‘lgan yo‘llar, ko‘priklar hamda boshqa infratuzilmalar hisobga olingan holda tabiiy ofatlar sabab yetkazilgan zarar miqdori 500 million dollarga baholanmoqda. Bu haqda Tojikiston hukumati huzuridagi favqulodda vaziyatlar va fuqaro mudofaasi bo‘yicha qo‘mita rahbari Rustam Nazarzoda xabar berdi.
Xususan, respublikada o‘tgan yili tabiiy xarakterdagi 883 ta favqulodda holat ro‘y berdi, jumladan 720 qor ko‘chkisi, 41 ta sel, 32 marotaba daryolarda suv sathi ko‘tarilishi bilan bog‘liq favqulodda holat, 23 ta ko‘chki, 33 ta zilzila, 21 ta tosh bo‘roni va 13 ta kuchli shamol yuz bergan.
Natijada 31 fuqaro halok bo‘ldi, ularning 23 nafari qor ko‘chkisi natijasida hayotdan ko‘z yumdi. Bundan tashqari, daryolar va suv havzalarida cho‘milish vaqtida texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilmaslik tufayli 170 kishi vafot etdi.
Favqulodda vaziyatlar va fuqaro mudofaasi bo‘yicha qo‘mita ma'lumotlariga ko‘ra, 2017 yilda tabiiy xarakterdagi favqulodda holatlar oqibatida 157 ta turar joy, 604,4 gektar ekin maydonlari, 16 ta ko‘prik va taxminan 1200 kilometr avtomobil yo‘llari zarar ko‘rgan.
Mavzuga oid
16:34 / 17.11.2024
Bolalar ombudsmani yosh bolalar xivchin bilan savalangani aks etgan videoga munosabat bildirdi
12:26 / 15.11.2024
Rog‘un GESdagi avariya oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi
18:18 / 12.11.2024
Jahonda 10 yil davomidagi tabiiy ofatlardan ko‘rilgan zarar 2 trillion dollardan oshdi
19:32 / 31.10.2024