Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kichik Roy Jons o‘z faoliyatini g‘alaba bilan tugatdi
Boks bo‘yicha to‘rt vazn toifasidagi sobiq jahon chempioni kichik Roy Jons o‘z faoliyatidagi so‘nggi jangida g‘alaba qozondi. U 10 raundlik bahsda amerikalik Skott Sigmonni ochkolar bo‘yicha mag‘lub etdi va Butunjahon boks kengashining (WBU) 90,71 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasidagi chempionlik kamarini qo‘lga kiritdi.
Shu tariqa, Jons o‘z faoliyatini 49 yoshda tamomladi. U so‘nggi jangni ona shahri Pensakolada o‘tkazdi.
2015 yilning sentabrida Rossiya fuqaroligini olgan amerikalik Roy Jons to‘rt vazn toifasida jahon chempioniga aylangan dunyodagi birinchi bokschi sanaladi: 72,6 kg, 76,2 kg, 79,38 kg.gacha va super og‘irdi.
Jons 1993-2004 yilda barcha vazn toifalarida jahonning eng kuchli bokschisi bo‘lgan. U 66 jangda g‘alaba qozongan (47 tasi nokaut bilan) va to‘qqiz marta mag‘lub bo‘lgan. Shuningdek, Seuldagi 1988 yilgi Olimpiya o‘yinlari kumush medali sohibi hisoblanadi.
Mavzuga oid
20:41 / 26.02.2025
World Boxing federatsiyasi XOQ tomonidan vaqtincha tan olindi
21:01 / 13.01.2025
Britaniyalik bokschi Tayson Fyuri faoliyatini yakunladi
22:36 / 28.12.2024
Boks. To‘lqin Qilichev – Osiyoda yil murabbiyi deb e’lon qilindi, yana ikki o‘zbekistonlik ayol bokschi tengsiz bo‘ldi
17:39 / 09.12.2024