Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pensiya va nafaqa tarqatishda bank xodimlari ishi yuzasidan murojaat qilish osonlashdi
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan olib borilayotgan qator islohotlar jamiyatning turli sohalarini qamrab olmoqda. Ayniqsa, ijtimoiy ta'minot masalasida amalga oshirilgan chora-tadbirlar aholiga yanada yengillik va qulaylik tug‘dirmoqda. Xususan, davlat rahbari tomonidan qabul qilingan qarorga muvofiq Xalq banki tomonidan pensiya va nafaqalar fuqarolarning yashash joylariga naqd pulda yetkazib berilmoqda.
Pensiya va nafaqalarni tarqatish jarayonida bank xodimlarining xatti-harakatlaridan shikoyatingiz bo‘lsa, 1106 qisqa raqamli ishonch telefoniga yoki xalq banki rahbariyati virtual qabulxonasiga to‘g‘ridan to‘g‘ri murojaat qilish mumkin. Barcha turdagi murojaatlar qisqa muddatda ko‘rib chiqilishi kafolatlangan.
Mavzuga oid
19:30 / 25.05.2025
Rossiyalik oligarx mamlakatda pensiyani bekor qilish taklifi bilan chiqdi
22:18 / 14.05.2025
“170 dona 200 so‘mlik” - Navoiyda pensiyaning bir qismi tangada to‘lanayotgani aytilyapti
11:37 / 30.04.2025
Fuqarolarga yoshga doir pensiyani tayinlash tartibi yengillashtirilyapti
14:00 / 20.04.2025