Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Uch oy ichida Arabiston dengizida bir milliard dollarlik giyohvand modda ushlab qolindi
Xalqaro aksilterrorchilik koalitsiyasi kemalari oxirgi 3 oy ichida Arabiston dengizida bir milliard dollarlik giyohvand moddani ushlab qolishdi. Bu haqda 8 fevralda AQSh qurolli kuchlarining markaziy qo‘mondonligi (SeNTKOM) matbuot xizmati ma'lum qildi. SeNTKOM tezkor javobgarligi hududiga Yaqin Sharq, Shimoliy Afrika va Markaziy Osiyo kiradi.
Ta'kidlanishicha, Bahraynda joylashgan 150-tezkor birlashma kemalari o‘tgan yil noyabridan boshlab kemalarni ko‘zda kechirganda 16 tonnadan ko‘proq gashish, 1,5 tonna geroin moddalarini aniqlab, musodara qilishgan. Bu miqdordagi giyohvand moddalarning qora bozordagi narxi bir mlrd dollarga yetadi. Oxirgi gashish partiyasi 6 fevralda Pokiston harbiy-dengiz kuchlari kemasi tomondan ushlangan. Ushbu partiya qiymati 197 mln dollardan ko‘proq 5 tonna gashishdan iborat bo‘lgan.
Xalqaro koalitsiya kemalarining 150-tezkor birlashmasi Arabiston va Qizil dengizlarida, Adan va Ummon ko‘rfazlari, Hind okeanining Afrika shoxi yaqinidagi qismida jinoiy va terrorchilik guruhlariga qarshi kurashish uchun tashkil etilgan. 2002 yildan patrul nazorati olib borishni boshlagan. Ayni vaqtda bu birlashmaga 9 ta davlat – AQSh, Avstraliya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Daniya, Kanada, Pokiston, Fransiya va Yaponiya kemalari kiradi.
Qo‘mondonlik rotatsiya qilib turiladi: har 4-6 oyda bir davlatdan ikkinchisiga o‘tadi. Patrullash 16 ta kema tomondan amalga oshiriladi.
Mavzuga oid
10:23 / 10.04.2025
Andijonda o‘z xonasida giyohvand modda iste’mol qilgan amaldor ishdan olindi
15:42 / 09.04.2025
Andijon shahar bandlik bo‘limi boshlig‘i o‘z xonasida psixotrop modda iste’mol qilgani ma’lum bo‘ldi
12:31 / 08.04.2025
Urgutda giyohvand modda sotgan maktab direktori 10 yilga qamaldi
16:14 / 16.02.2025