Navro‘zdan so‘ng Issiqko‘lga poyezdda borish mumkin

Foto: KUN.UZ
O‘tgan yilda 2018 yil bahorida Toshkentdan Issiqko‘lga temir yo‘l qatnovi ochilishi haqida xabar berilgandi. Ana shu yo‘nalishdagi “Toshkent –– Baliqchi – Toshkent” poyezd qatnovi shu yil 22 martdan boshlab qayta yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda “Xalq so‘zi” nashri “Qirg‘iz temir yo‘llari” milliy kompaniyasi matbuot xizmatiga asosan xabar berdi.
Qatnov haftasiga bir marta bo‘ladi. Poyezd 22 mart kuni Toshkentdan yo‘lga chiqsa, 23 mart kuni Baliqchiga yetib boradi. 24 mart kuni bu shahardan ortga qaytadi va 25 mart kuni poytaxtga kirib keladi.
Ushbu poyezd tarkibida 7 ta yirik vagon, 3 ta platskart vagoni va vagon-restoran joy olgan.
Mavzuga oid

10:00 / 11.04.2025
Toshkent metrosida poyezd harakat tarkibida texnik nosozlik yuz berdi

08:52 / 24.03.2025
Qozog‘istonning xalqaro sayyohlik poyezdi Toshkentga keldi

20:13 / 13.03.2025
Andijonda 26 yoshli yigitni poyezd urib ketdi

11:06 / 12.03.2025