O‘zbekiston | 01:50 / 10.02.2018
129288
1 daqiqa o‘qiladi

Prezident IIV tizimiga joriy qilingan zamonaviy kamera bilan tanishdi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi.

Shavkat Mirziyoyev jinoyatchilik va huquqbuzarlikning oldini olish, shuningdek, xavfsizlikni ta'minlashga qaratilgan loyihalar va ichki ishlar tizimiga sinov tariqasida joriy qilingan, qator imkoniyat va qulayliklarni o‘z ichiga olgan videokamera va zamonaviy uskunalar bilan ham tanishdi.

Prezident joylarga chiqib, odamlar dardini tinglash, qidiruvdagi shaxslar bilan ishlash hamda xavfsizlikni ta'minlashda yangi tizimni joriy etish bo‘yicha aniq topshiriqlar berdi.

Mavzuga oid