Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqand viloyatidagi xonadonlardan birida gaz portladi, qurbonlar bor
Bugun, 11 fevral kuni Samarqand viloyatidagi xususiy uylardan birida yuz bergan gaz chaqnashi oqibatida insonlar qurbon bo‘lgan. Qurbonlar soni aniqlashtirilmoqda, deb xabar beradi O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati.
«O‘n birinchi fevral kuni soat ertalab 05:40 da Samarqand viloyatining Pastdarg‘om tumanidagi uylardan birida havo va gaz aralashmasining portlashi oqibatida uyning ikkinchi qavati tom qismi qulagan. Qurbon bo‘lganlar va jabrlanganlar bor», deyiladi FVV xabarida.
FVV ma'lumotlariga ko‘ra, portlashga gazdan foydalanish qoidalarining qo‘pol ravishda buzilishi sabab bo‘lgan.
«Voqea joyida viloyat hokimligi rahbarligida, ichki ishlar boshqarmasi, favqulodda holatlar boshqarmasi va viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi bilan birgalikda favqulodda holat oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rilmoqda», — deyiladi vazirlik axborotida.
Mavzuga oid
10:12 / 27.05.2025
Qamchiqda yuk mashinasi va Gentra xandaqqa tushib ketdi
23:09 / 23.05.2025
Samarqandda mashinasida sher bolasini olib yurgan shaxs aniqlandi
21:06 / 22.05.2025
Samarqand shahriga yangi prokuror tayinlandi
21:32 / 19.05.2025