Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyada 73 kishi kuydirgiga gumon bilan shifoxonaga yotqizildi
Turkiyaning shimolida 73 kishi kuydirgiga gumon bilan shifoxonaga yotqizildi. Bir kasallangan vafot etgan. Bu haqda Hurriyet nashri xabar berdi.
Voqea Qora dengiz bo‘yidagi Trabzon viloyatida yuz bergan. O‘tgan haftada mahalliy xo‘jaliklardan biridagi sigirda kuydirgi aniqlangan. Mutasaddilarning ogohlantirishiga qaramay, xo‘jalik egasi molni so‘yib, go‘shtini qo‘shnilariga ulashgan.
Shifoxonaga yotqazilganlarning barchasida go‘shtni iste'mol qilgandan keyin ko‘ngil aynish va madorsizlik kuzatilgan. Uch kishida kasallik borligi tasdiqlangan.
Viloyat ma'muriyati ushbu voqea tergov qilinayotganini ma'lum qilgan. Kasallanganlar yashaydigan aholi punktida hozircha karantin kiritilmagan.
Mavzuga oid
11:35 / 28.05.2025
Turkiyada murakkab vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayolga yordam berildi
17:01 / 24.05.2025
Turkiyada «Sulton Sulaymon» 1 yil 10 oy shartli qamoq jazosiga hukm qilindi
15:49 / 24.05.2025
O‘zbekiston Shusha deklaratsiyasiga qo‘shilgani haqidagi xabarlar rad etildi
21:12 / 23.05.2025