Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
1 gektardan ortiq uchastkaga ega YaST to‘lovchilar yer solig‘i hisob-kitobini qachon taqdim etadi?
1 gektardan ortiq yer uchastkalariga ega bo‘lgan yagona soliq to‘lovini (YaST) to‘lovchilar tomonidan yer solig‘i hisob-kitobini taqdim etish muddatlari aniqlashtirildi, deb yozmoqda Norma.uz.
Umumiy maydoni 1 gektardan ortiq bo‘lgan yer uchastkalariga ega bo‘lgan YaST to‘lovchilar 2018 yilning 1 yanvaridan boshlab yer solig‘i to‘lashlari shart (29.12.2017 yildagi PQ–3454-son qarorning 7-bandi). 10 yanvaracha ular yer uchastkasi joylashgan joy bo‘yicha soliq xizmati organlariga yer solig‘i hisob-kitobini taqdim etishlari lozim edi (SKning 285-moddasi).
2018 yil 6 fevraldagi Axborot bilan Moliya vazirligi va DSQ 1 gektardan ortiq yer uchastkasiga ega bo‘lgan YaST to‘lovchilarni yer solig‘i bo‘yicha hisob-kitoblarni YaST to‘lovchilar tomonidan yer solig‘ini hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlangandan keyin topshirishlari haqida xabardor qiladi.
Binobarin, 10 yanvargacha yer solig‘i bo‘yicha hisob-kitoblarni taqdim etmaganlik uchun umumiy maydoni 1 gektardan ortiq yer uchastkalariga ega YaST to‘lovchilarga nisbatan hech qanday sanksiyalar qo‘llanilmaydi.
Mavzuga oid
00:12 / 26.05.2025
Yer qa’rida ulkan oltin zaxiralari borligi aniqlandi
18:43 / 08.05.2025
Olimlar Yerda kislorod qachon yo‘q bo‘lib ketishini aniqladi
16:27 / 29.10.2024
Yer atmosferasining ifloslanishi rekord darajaga yetdi
11:26 / 01.10.2024