Jamiyat | 10:25 / 13.02.2018
49236
2 daqiqa o‘qiladi

IIV Samarqand viloyatida 6 kishining o‘limiga sabab bo‘lgan portlash haqida yangi ma'lumotlar berdi

Samarqand viloyatining Pastdarg‘om tumanida 11 fevral soat 06.30larda Mustaqillik ko‘chasida yashagan, nafaqaxo‘r A.A.ning uyida mehmonda bo‘lgan ukasi, Ishtixon tumanida yashovchi R.P. xonadagi elektr chirog‘ini yoqqan vaqtida gaz quvuridan sizib chiqib xonaga to‘planib qolishi oqibatida, gaz va havo aralashmasidan chaqnash sodir bo‘lgan, natija uyning devorlari va 2-qavatdagi beton plitalari ag‘darilib tushgan.

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar qilmoqda.

Natijada R.P. jarohat olib kasalxonaga yotqizilgan va shu xonada uxlab yotgan A.A. hamda uning birga yashagan voyaga yetmagan 3 nafar nabirasi, va Ishtixon tumanida yashagan singlisi M.P. hamda uning qizi Yu.V.lar devor hamda beton plitalari  tagida qolib jarohat olib, voqea joyida vafot etganlar.

Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand viloyatidagi xonadonlardan birida gaz portlagani, qurbonlar borligi xabar berilgandi.

Mavzuga oid