Jahon | 08:40 / 14.02.2018
21288
2 daqiqa o‘qiladi

Gruziyalik merganlar Maydandagi voqealar bo‘yicha yangi ma'lumot berishdi

Foto: Efrem Lukatsky/AP

2014 yilning fevralida Kiyevdagi Maydanda ro‘y bergan hodisalarda ishtirok etgan gruziyalik merganlarning so‘zlariga ko‘ra, ularga AQShdan bo‘lgan sobiq harbiy yo‘l-yo‘riq ko‘rsatgan. Uni esa Gruziya sobiq prezidenti Mixail Saakashvilining maslahatchisi Mamuka Mamulashvili tanishtirgan. Bu haqda RIA «Novosti» merganlarning advokatga bergan ko‘rsatmalariga asosan xabar qilmoqda.

«Bizning chodirga Mamulashvili ukrainalik kishi bilan keldi va uni Andrey deb tanishtirdi, shuningdek, kamuflyajli libosda bo‘lgan erkak ham bor edi – uni amerikalik sobiq harbiy xizmatchi va bizning yo‘riqchi Kristofer Brayan sifatida ma'lum qildi», - deyiladi Aleksandr Revazishilining ko‘rsatmalarida.

Gruziyalik boshqa bir sobiq harbiy Koba Nergadzening so‘zlariga ko‘ra, Brayan Saakashvili va Mamulashvili bilan ingliz tilida suhbatlashgan.

«Harakatlar rejasi shunday belgilandi: Ukraina Oliy radasining milliy xavfsizlik va mudofaa masalalari bo‘yicha qo‘mitasi rahbari Sergey Pashinskiy boshchiligidagi guruh konservatoriyaga o‘tadi. Uning guruhi ukrainaliklar, polyaklar, gruzinlar va litvaliklardan iborat bo‘lgan. Pashinskiy guruhi konservatoriya binosidan otishmani birinchi bo‘lib boshlashi, oradan uch-to‘rt daqiqa o‘tib esa «Ukraina» mehmonxonasida bo‘lgan guruh otishmaga qo‘shilishi kerak edi», - deya aytib o‘tdi Nergadze.

Shuningdek uning ta'kidlashicha, har bir mergan ma'lum miqdorda o‘q uzib, qurolni tashlashi va ketishi lozim bo‘lgan. Bu politsiya mergan qayerda joylashganini bilib qolmasligi uchun kerak edi.

Mavzuga oid