Tojikiston energiyasini O‘zbekistonga yetkazib berishda texnik qiyinchiliklar bor - OAV
Tojikistonning «Barki Tochik» xolding kompaniyasi rahbari Mirzo Ismoilzoda Tojikistondan O‘zbekistonga elektr energiyasini yetkazib berish bo‘yicha texnik qiyinchilik borligi haqida ma'lum qildi, deya xabar berdi Asia-Plus agentligi.
Ismoilzodaning ta'kidlashicha, mamlakatlar o‘rtasida imzolangan kelishuv yoz mavsumida O‘zbekistonga 1,5 milliard kilovatt-soat hajmda elektr energiyasi yetkazib berishni nazarda tutadi. Uning xabar berishicha, «Barki Tojik» va «O‘zbekenergo» o‘rtasida elektr energiyasi yetkazib berish to‘g‘risidagi bitim hali imzolanmagan». Shu bilan birga, u muzokaralar davom etishi va muammolar texnik jihatdan mavjudligi hamda hozirgi paytda mutaxassislar tomonidan hal qilinayotganligini ta'kidlab o‘tdi.
Eslatib o‘tamiz, 2018 yilda Tojikiston 1976 yilda qurilishi boshlangan Rog‘un GESning birinchi qismini ishga tushirmoqchi. SSSR inqirozga uchraganidan so‘ng elektrstansiya qurilishi to‘xtatildi. Biroq, 2004 yilda qurilish ishlari RUSAL kompaniyasi, keyin esa Jahon banki ko‘magida qayta tiklandi. Elektrstansiyaning loyiha quvvati 3,6 GVt elektr energiyani tashkil qiladi; stansiyaning o‘rtacha yillik ishlab chiqarish hajmi 17,1 mlrd. KVt soatga yetishi mumkin.
Shunday qilib, Tojikiston mintaqada elektr energiyasining asosiy eksportchisi bo‘lishi mumkin.
Nashrning yozishicha, muammo shundaki, 2009 yilda O‘zbekiston Markaziy Osiyodagi yagona energetik halqadan chiqib, Tojikiston va Turkmaniston, Qozog‘iston hamda Qirg‘iziston o‘rtasidagi elektr uzatish liniyalarini olib tashladi. Ayni paytda elektr uzatish liniyalarini tiklash bo‘yicha ishlarni amalga oshirish kerak.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tojikiston O‘zbekistonga elektr energiyasi yetkazib berishi haqida xabar berilgandi.
Mavzuga oid
16:34 / 17.11.2024
Bolalar ombudsmani yosh bolalar xivchin bilan savalangani aks etgan videoga munosabat bildirdi
12:26 / 15.11.2024
Rog‘un GESdagi avariya oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi
20:55 / 02.11.2024
O‘zbekistonda elektr energiyasi va metan gazi olish uchun 8 ta chiqindi yoqish zavodi, 1 ta chiqindi poligoni quriladi
19:32 / 31.10.2024