Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dunyoning eng tushkun va eng barqaror iqtisodiyotga ega davlatlari ma'lum qilindi
Bloomberg agentligi tahlilchilari 66 ta davlatdagi iqtisodiy ko‘rsatkichlarni tahlil qilib, dunyoning eng tushkun va eng barqaror iqtisodiyotga ega davlatlari reytingini tuzishdi.
Reytingni tuzishda mutaxassislar mamlakatdagi inflyatsiya darajasi va ishsizlikni hisobga olishgan.
Venesuela qatorasiga 4 yildan beri ushbu ro‘yxatda “yetakchilik” qilmoqda. Eng tushkun iqtisodiyotga ega davlatlar reytingining 2-o‘rnini JAR, 3-o‘rnini Argentina egallagan. Yuqori o‘ntalikka, shuningdek, Misr, Gretsiya, Turkiya, Ukraina, Ispaniya, Braziliya va Saudiya Arabistoni ham kiritilgan.
Eng tushkun davlatlar yuqori o‘ntaligida Sharqiy Osiyodan birorta davlat yo‘q.
Venesuelaning reytingi 1872 punktni – o‘zidan kelayotgan JARnikidan 50 barobar ko‘proqni tashkil qilgan.
Tailand eng barqaror iqtisodiyotga ega davlat deb topilgan. Uning ortidan Singapur, Yaponiya, Shveytsariya, Tayvan, Isroil, Islandiya, Norvegiya, Janubiy Koreya, Daniya va Hongkong kelmoqda.
Mavzuga oid
15:30 / 01.06.2026
Venesueladagi zilziladan olti kun o‘tib, 3 yoshli bola vayronalar ostidan tirik qutqarildi
23:57 / 02.05.2025
Tailandda Sibir kuydirgisidan birinchi o‘lim holati qayd etildi
19:45 / 28.04.2025
Tailandga boradiganlar uchun yangi talab joriy etildi
17:41 / 25.04.2025