Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezident Buxoroga tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsadi haqida gapirdi
Peshku tumanida Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Buxoro viloyati faollari va mutasaddi rahbarlar ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda.
Prezident matbuot xizmati xabariga ko‘ra, davlat rahbari o‘tgan yili viloyatda amalga oshirilgan ishlarni tahlil qilib, ustuvor vazifalarni belgilab bermoqda.
Shavkat Mirziyoyev Buxoroga tashrifdan eng asosiy maqsad odamlarni ish bilan ta'minlash ekani, aniq loyihalarni hayotga tatbiq etish hisobidan viloyatda 90 ming ish o‘rni yaratilishi rejalashtirilganini ta'kidladi.

Sanoat, qishloq xo‘jaligi, xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, ish o‘rni yaratgan sub'yektlarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, mahalliy byudjyetga tushumlarni oshirish masalalari muhokama qilinmoqda.
Joylardagi ijtimoiy infratuzilmani yaxshilash, aholi turmushi uchun qulayliklarni oshirishga e'tibor qaratilmoqda.
Mavzuga oid
21:47 / 27.05.2025
Yuk temiryo‘l stansiyalari poytaxt hududidan ko‘chirilishi mumkin
11:43 / 03.05.2025
“10 marta takrorlab, eslab qolaman” – 205 ta davlat poytaxtlarini yoddan biladigan 8 yoshli Shukrona
11:39 / 14.04.2025
“Patirxonam bo‘lishini orzu qilardim” – patirchi ayollar tumanidan reportaj
10:57 / 23.01.2025