Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Space X Falcon 9 raketasi startini yana kechiktirdi
Ilon Maskning SpaceX kompaniyasi radiolokatsion kuzatuv hamda Microsat 2a va Microst 2b internetini tarqatishga mo‘ljallangan PAZ sun'iy yo‘ldoshini orbitaga olib chiqishi kerak bo‘lgan Falcon 9 raketasi startini kechiktirdi. Raketa parvozi 21 fevralga ko‘chirildi.
Team at Vandenberg is taking additional time to perform final checkouts of upgraded fairing. Payload and vehicle remain healthy. Due to mission requirements, now targeting February 21 launch of PAZ.
— SpaceX (@SpaceX) February 17, 2018
"Yakuniy tekshiruv uchun Vanderberg bazasidagi jamoaga qo‘shimcha vaqt talab qilindi. Yuk va raketa bilan bog‘liq hech qanday muammo yo‘q. Parvoz dasturiga bo‘lgan talablar tufayli PAZ starti 21 fevralga ko‘chiriladi".
16 fevral kuni kechqurun SpaceX Falcon 9 startini 18 fevralga ko‘chirgani ma'lum qilingan edi, undan avval esa 17 fevral parvoz kuni etib belgilangandi.
SpaceX butun dunyo bo‘ylab internetga kirish imkonini taqdim etish maqsadida o‘zining bo‘lg‘usi kommunikatsion tarmog‘i uchun sun'iy yo‘ldoshlar tarmog‘ini yaratmoqchi. Tarmoqda taxminan 12 ming sun'iy yo‘ldosh bo‘ladi, deya ta'kidlanadi The Verge nashrida. Sinovlar muvaffaqiyatli o‘tsa, 2024 yilga borib, tarmoqni yo‘lga qo‘yish ishlari yakunlanadi.
Mavzuga oid
09:43 / 28.05.2025
SpaceX'ning Starship kemasi to‘qqizinchi sinov parvozi muvaffaqiyatsiz tugadi
22:35 / 25.05.2025
SpaceX kompaniyasi Starship kemasi portlashiga nima sabab bo‘lganini e’lon qildi
23:30 / 04.05.2025
Texas aholisi SpaceX shahrini tashkil etishni yoqlab ovoz berdi
17:37 / 22.04.2025