Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
8 yil bir oyoq kiyimda musobaqalarda ishtirok etgan sportchi jurnalistlar rahmini keltirdi
The New York Times nashri 13 fevralda Pyongchangdagi Olimpiadaning kyorling musobaqalarida ishtirok etayotgan AQSh terma jamoasi a'zosi Tayler Jorj haqida maqola chiqargandi. Gap shundaki, Tayler 8 yil davomida musobaqalarda bir poyafzalda ishtirok etib kelgan. Bu vaqt davomida poyafzal tabiiyki anchagina eskirib ketgan. Jamoaning qolgan a'zolari Taylerning bu poyafzalidan uncha ham yaxshi fikrda bo‘lmaganlar.
Maqola chiqqan kunning ertasiga nashr jurnalistlari kyorlingchiga Pyongchangdagi muxbirlaridan biri Skott Kacholla bilan do‘konlarga borib, o‘ziga yangi poyafzal olishni taklif qilishgan. Kacholla poyafzal pulini to‘lab berishini aytgan.
Tayler va Skott kyorling bo‘yicha musobaqalar o‘tayotgan Kannin shahrida uchrashib, poyafzal do‘koniga yo‘l olishgan. Sportchi oyoq kiyim tanlashda uning musobaqalar uchun qulayligiga e'tibor qaratgan va shu sabab mos poyafzalni topish muayyan vaqt olgan.
Oxir-oqibat kyorlingchi Nike firmasining poyafzalini tanlagan va ushbu tanlovidan mamnuniyat bildirgan.
Mavzuga oid
21:24 / 27.05.2025
XOQ rossiyalik sportchilarni 2026 yilgi Qishki Olimpiada o‘yinlariga kiritmadi
20:33 / 13.01.2025
Parij Olimpiadasining ko‘plab medallari nuqsonli bo‘lib chiqdi
14:20 / 21.12.2024
RF atletlariga neytral maqomda OO‘ga yo‘llanma olish uchun ruxsat berildi
20:31 / 20.09.2024