Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qoraqalpog‘istonda ichki ishlar vazirligi sobiq xodimi 5 yil oldingi "jinoyati" uchun oqlandi
2012 yili A.N.ga O‘zbekiston Respublikasi jinoyat Kodeksining 208-moddasi va 209-moddasi 2-bo‘limi "a,b" bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ushbu jinoyat ishi bo‘yicha 2011 yil 5 dekabr kuni amnistiya qaroriga muvofiq qisqartirilgan edi, deb yozmoqda Kruz.uz.
A.N.ning ushbu nashrga ma'lum qilishicha, u bu moddalarda ko‘rsatilgan qilmishni ishlamaganligini, nomini oqlab olish bo‘yicha bir necha marta harakat qilib ko‘rgan. Biroq hech qanday foydasi bo‘lmagan.
Prezident Shavkat Mirziyoyevning har bir chiqishida sudlar va prokuratura organlarining faqatgina qonunga tayangan holda adolatli yechim qabul qilishlari uchun tegishli topshiriqlar berayotganini eshitgan A.N. nomini oqlashga umid qilib, 2017 yil Nukusdagi advokatlik firmasining advokatlariga murojaat qilib, o‘ziga qarshi qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bilan shug‘ullanishlarini so‘raydi.
A.E.ning aytishicha, u bugungi kunda haqiqatdan ham sud-huquq sohasida katta o‘zgarishlar bo‘layotganini sud va prokuratura organlarining qonuniy adolatli ish olib borayotganining guvohi bo‘lgan. Sababi uning qarshisida jinoyat ishi qayta kassatsiya sudida ko‘rib chiqildi. Dastlabki tergov ishlari keng o‘rganib chiqilib uning aybsizligi isbotlandi va u oqlandi.
Mavzuga oid
22:09 / 23.04.2025
Olmaliqda shirinlikni yeb qo‘ygan bolasining qo‘lini kuydirgan ona 2 yilga qamaldi
17:21 / 05.04.2025
100 ming dollarlik “o‘yin”: Marg‘ilondagi bir jinoyat tafsiloti
08:38 / 05.04.2025
Jinoyat sodir etib, qochib yurgan o‘zbekistonlik Rossiyada ushlandi
09:16 / 20.03.2025