O‘zbekiston | 12:46 / 21.02.2018
6308
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda xorijlik jangari-terrorchini aniqlash texnikasi masalalari muhokama qilinadi

Foto: BOMCA

Ertaga Toshkent shahrida xorijlik jangari-terrorchilarni identifikatsiya qilish va shaxsini aniqlash texnikasi masalalariga bag‘ishlangan milliy seminar o‘z ishini boshlaydi. Tadbir 23 fevralga qadar davom etadi, deb yozmoqda “Xalq so‘zi”.

Mazkur seminar Markaziy Osiyo chegaralarini boshqarishga ko‘maklashish dasturi (BOMKA-9) doirasida tashkil etiladi.

Bu mamlakatning sohaga mas'ul huquq-tartibot organlari xodimlari ishtirokida 2016 yilda bo‘lib o‘tgan shu kabi tadbirning davomi hisoblanadi. Bu gal ham YeI ekspertlari va tegishli mahalliy idoralar mutaxassislari ishtirokida tizimga oid mexanizmlar takomillashtiriladi, o‘zaro hamkorlik qilish masalalari muhokama qilinadi.

Xususan, xorijlik jangari-terrorchilarni identifikatsiya qilish va shaxsini aniqlash bo‘yicha ilg‘or tajribalar taqdim etiladi, bu boradagi asosiy chora-tadbirlar va tavsiyalar ishlab chiqiladi. O‘z navbatida BMT Xavfsizlik Kengashining zo‘ravonlik ekstremizmiga qarshi kurashish sohasidagi tavsiyalarini milliy idoralar tomonidan amalga oshirilishi bo‘yicha qo‘shimcha amaliy harakatlar muhokama etiladi. 

BOMKA dasturi 2003 yildan o‘z faoliyatini boshlagan bo‘lib, u Markaziy Osiyo davlatlariga chegaralarni boshqarish jabhasidagi hamkorlikni rivojlantirishga o‘z hissasini qo‘shib kelyapti. Uning bajarilishi doirasida 2003-2018 yillar davomida 40,8 million yevro yo‘naltirilgan. Shundan qariyb 5 million yevrosi dasturning 2015-2018 yillarni o‘z ichiga olgan to‘qqizinchi fazasi ijrosi uchun ajratilgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid