Fan-texnika | 23:23 / 22.02.2018
12527
15 daqiqa o‘qiladi

Forbes reytingi: Runet - 2018'ning eng qimmat 20 kompaniyasi

Foto: Anews

Runetning eng yirik o‘yinchilari Google va Facebook'ning yo‘lini tanlashdi — ular kasodga uchrayotgan loyihalarni faol sotib olib, rossiyaliklar hayotining barcha jabhalarini qamrab oluvchi butun boshli ekotizimlarni yaratishmoqda — taom yetkazib berish va taksiga buyurtma berishdan to kibersportgacha.

Bu yil «Yulmart» va Exist onlayn-riteylerlari Forbes reytingidan tushib qoldi. Birinchisi ba'zi hududlardagi ishini to‘xtatib qo‘ydi va hozir biznesni boshqa yuridik shaxslar nomiga qayta rasmiylashtiryapti, ikkinchisi esa likvidlashuv bosqichida. Ikki holatda ham bu hodisalarga korporativ mojarolar sabab bo‘lgan. Bu bilan bir vaqtda reytingga Biletix onlayn band qilish servisi,  «OnlaynTreyd.Ru» internet-do‘koni va SkyEng ta'lim platformasi qo‘shildi.

Daromadga oid ma'lumotlar kompaniyalarning o‘zi tomonidan taqdim qilingan. Boshqa bir holatlarda bozor ishtirokchilari va tahlilchilar o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazish yo‘li bilan olingan baholar keltiriladi. Biz dastavval Rossiyada ishlab chiqilgan yoki asosan Rossiya bozorida faoliyat yurituvchi internet-biznesga stavka qilgan kompaniyalarni olganmiz (ularning yarmidan ko‘p daromadi onlayn tuzilmalarga to‘g‘ri keladi). Reytingda xorijiy o‘yinchilarning Rossiyadagi biznesi, shuningdek asosan oflaynda ishlovchi kompaniyalar yo‘q. Ommaviy kompaniyalar kapitalizatsiyasi birjaning 2018 yil 25 yanvar holatidagi ma'lumotlar bo‘yicha keltirilgan. Qolgan barcha raqamlar — Forbes ekspertlarining bahosi. U yoki bu kompaniyaning real qiymatini sotuvchi va xaridor o‘rtasidagi kelishuv belgilab beradi. «Skolkovo — Venchurnyye investitsii», FRII, AKIT, Runa Capital, Almaz Capital va KPMG ekspertlarining maslahatlari reyting tuzishda qo‘l keldi.

Manba: Forbes

2017 yilning noyabrida "FAS" «Yandeks.Taksi» va Uber'ning Rossiya va besh qo‘shni mamlakat hududida birlashishini ma'qulladi, shartnoma 2018 yilning qishida yopilishi kerak bo‘lgan. «Yandeks» va Uber yangi kompaniyaga 225 million va 100 million dollar sarmoya kiritadi. Bundan tashqari, «Yandeks» bir yilda «Korolev» yangi qidiruv algoritmini ishga tushirdi va Rossiya auditoriyasi uchun bozorda neyron tarmoqlar asosidagi «Alisa» nomli ilk ovozli yordamchisini namoyish qildi. «Yandeks»ning asosiy daromad manbai avvalgidek internet-reklama sotuvidan tushgan daromad hisoblanadi.

Manba: Forbes

 

Mail.ru Group o‘z aktivlari portfelini kengaytirishda davom etmoqda. 2018 yilning yanvarida kompaniya ESforce kibersport xoldingi xaridi haqida e'lon qildi. Kompaniyaning shartnomani yopish davridagi bahosi 100 million dollarni tashkil qildi. Bundan tashqari, 2017 yilda Mail.ru Group «Yula» servisi monetizatsiyasini boshladi va Pandao xalqaro marketpleysini ishga tushirdi. 2017 yilning dekabrida, startdan bir oy o‘tib, «Yula»ning daromadi 2 million rublni tashkil qildi, Pandao esa kuniga 19 000 to‘lovli buyurtmalarga erishdi va Rossiya App Store va Google Play'ining top-3 ro‘yxatiga kirdi.

Manba: Forbes

Avito elektron e'lonlar taxtasi 2007 yilda paydo bo‘lgan, hozir u mamlakatdagi eng yirik servislardan biri hisoblanadi. Avito'ga har oyda 32 million kishi kiradi. 2017 yilning birinchi yarim yilligida servis 38 foizga - 7,16 milliard rublga o‘sdi. Amerikaning App Annie tahliliy kompaniyasi hisobot ma'lumotlariga ko‘ra, 2017 yilda Avito mobil ilovasi Rossiyada eng ko‘p yuklanuvchi ilovalar o‘nligiga kirdi. «Avito Avto» foydalanuvchilari o‘tgan yil mobaynida 2,2 million avtomobilni sotishgan. O‘rtacha narx 511 ming rublni tashkil qildi.

Manba: Forbes

Ingliz tili o‘qituvchisi Tatyana Bakalchuk va uning turmush o‘rtog‘i Vladislav tomonidan asos solingan Wildberries kompaniyasi — Rossiya bozoridagi eng yirik internet-do‘konlardan biri. Har kuni 1 million foydalanuvchi 100 mingta buyurtma beradi. Internet-do‘kon saytida 7 mingdan ziyod brend mahsuloti taqdim etilgan. 2018 yilning yanvarida kompaniya yangi yo‘nalish ochdi — bolalar ozuqalari. Hozirda kompaniya sotuvlarining 70 foizi kiyim-kechak, poyabzal va aksessuarlar ulushiga to‘g‘ri keladi. 2017 yilda internet-do‘konning daromadi 40 foizga - 63,8 milliard rublga o‘sdi.

Manba: Forbes

Lamoda kiyim-kechak va poyabzal onlayn-riteyleri 2017 yilning oxirida o‘zining sherigi Pick-up.ru'dan buyurtma qabul qilish punktlar tarmog‘ini sotib olgan va Moskva hamda Sankt-Peterburg tumanlaridagi 56 punktning yagona egasiga aylangan. Shuning natijasida Lamoda tashish tarmog‘i ikki baravarga - 112 punktga ko‘paygan. Kompaniya texnologik yangiliklarga qiziqadi — mobil ilovasida suratdan buyum izlash funksiyasini ishga tushirdi, shu bilan birga imidj hamkorligi ustida ham o‘ylay boshladi — FIFA onlayn-do‘koni bilan hamkorlik qila boshladi. 2018 yilning 1 martidan kompaniyaga Florian Yansen bosh direktor bo‘ladi.

Manba: Forbes

1990-yillar oxirida RekSoft softver kompaniyasi va Terra Fantastika nashri ozon.ru kitob do‘konini ishga tushirishdi. Bugun ozon.ru saytida 23 toifada 5 million tovar taqdim etilgan. Xolding aksiyadorlari — Baring Vostok fondi, «Sistema» AFK, MTS, Index Ventures, ru-Net Ltd, Rakuten, Intel Capital, Holtzbrinck va Cisco. 2017 yilning noyabrida Ozon Group o‘zining postamatlar tarmog‘ini ishga tushirdi. 2017 yilning dekabrida kompaniyaga yangi bosh direktor keldi - bu lavozimda Denni Perekalski o‘rnini Aleksandr Shulgin egalladi.

Manba: Forbes

Biletix butun dunyodan 700 dan ortiq tashuvchining aviachiptalarini sotadi. 2017 yilning avgustida servis «Rostelekom — roznichnyye sistemy» kompaniyasi bilan hamkorlik qila boshladi. Bu esa unga butun Rossiya bo‘ylab «Rostelekom»ning mingdan ziyod ofislarida chiptalarni sotish imkonini berdi. 2016 yilning uchinchi choragida servis onlayn-turoperatorga aylandi — uning saytida bir paketning o‘zida aviachiptalar va mehmonxonalar nomerlarini xarid qilish imkoni paydo bo‘ldi. 2017 yilning oxiriga kelib, resursning oylik auditoriyasi 415 ming kishini tashkil qildi.

Manba: Forbes

Ish qidirish bilan shug‘ullanuvchi HeadHunter onlayn-resursi deyarli olti yil Mail.ru Group'ga tegishli bo‘lgan. 2016 yilning fevralida u 10 milliard rublga «Elbrus Kapital» fondi boshchiligidagi sarmoyachilar guruhiga sotilgan. 2017 yilning dekabrida kompaniya Job.ru rekruting kompaniyasi aktivlarining bir qismini sotib olgan, domen nom va tovar belgisi ham shular jumlasidandir. 2018 yilning yanvarida Reuters axborot agentligi portal IPO'ga chiqish imkonini ko‘rib chiqayotganini ma'lum qildi.

Manba: Forbes

«Sitilink» onlayn-diskaunteri Forbes ro‘yxatidagi elektronika savdosiga ixtisoslashgan yagona reteylerligicha qoldi. O‘tgan yili u oflayndagi ishtirokini faol oshirdi: Rossiyaning 318 shahrida kompaniyaning 44 do‘koni va 470 buyurtma berish va qabul qilish punkti bor (2016 yilda bu ko‘rsatkichlar 30 va 340 bo‘lgan). Tarmoq do‘konlari yoki elektron savdo markazlarida konsultantlar yo‘q. Buyurtmalarni mustaqil rasmiylashtirish uchun markazlar terminallar, to‘lov kassalari va tovarni topshirish oynalari bilan jihozlangan.

Manba: Forbes

1999 yilda novosibirlik ishbilarmon Aleksandr Sisoyev shahar xaritasini ma'lumotnomaga birlashtirish usulini o‘ylab topgan. Hozirda ushbu servisdan to‘qqiz mamlakatning 300 dan ortiq shahrida oyiga 36,5 million kishi foydalanadi. 2017 yilda 2GIS Huawei mobil qurilmalariga ilovalarni oldindan o‘rnatishga kelishib olgan: hozirda servis LG, Fly, DEXP, Micromax gadjyetlariga kiritilgan. O‘tgan yildan boshlab ilova nafaqat avtomobil yoki jamoatchilik transporti, balki optimal piyoda yo‘nalishlarni ham yo‘lga qo‘ymoqda. 2017 yilning bahoridan Uber haydovchilari 2GIS navigatoridan foydalana boshlashdi.

Manba: Forbes

Oskar Xartmann tomonidan Fransiyaning Vente Privee kompaniyasi modeli asosida yaratilgan KupiVip onlayn-do‘koni 2016 yildan beri oflaynni ham faol o‘zlashtirmoqda. 2017 yilda servisning ikkita shunday do‘koni paydo bo‘ldi, buyurtma berish punktlari tarmog‘i kengaydi. 2018 yilning bahorida yana ikki savdo nuqtasi ochiladi. O‘tgan yili KupiVip Milanda o‘z ofisini ochdi, bu unga Yevropa brendlari bilan hamkorlik munosabatlarini mustahkamlash va biznesni rivojlantirish imkonini berdi. Bundan tashqari, kompaniya onlayn-savdoni tashkillashtirish uchun o‘z infratuzilmasini boshqa brendlarga taqdim eta boshladi.

Manba: Forbes

Data Insight ma'lumotlarining guvohlik berishicha, Aviasales Rossiyaning aviayo‘lovchi tashish bozorida auditoriya bo‘yicha yetakchi pozitsiyalarni saqlab kelmoqda. Resurs auditoriyasi o‘tgan yili 7 million kishidan 10 millionga o‘sgan. Daromad esa, Forbes baholariga ko‘ra, ikki baravarga oshgan. 2017 yilning martida Aviasales egasi hisoblangan Go Travel UN kompaniyasi biznesni qayta tashkil qilish haqida e'lon qildi — portal endi xalqaro bozorlarda emas, Rossiya va SNGda ishlashga diqqatni  qaratadi. Shuningdek mehmonxonalarni band qilish bilan shug‘ullanuvchi Hotellook servisiga integratsiyalashgan «Aviasales oteli» brendi paydo bo‘ladi.

Manba: Forbes

Ineternet-do‘konga ishbilarmon Sergey Poseukov tomonidan asos solingan. U o‘zini universal riteyler sifatida namoyon etadi — u 27 toifadagi tovarlarni sotadi, shu jumladan elektronika, maishiy texnika, farmatsevtika va kosmetik vositalar, mebel, kiyim-kechak va poyabzalni ham. «OnlaynTreyd.Ru» chakana tarmog‘iga Rossiyaning 92 shahrida 273 tovar topshirish punkti kiradi, do‘kon 180 mashinali avtoparkka ega. Joriy yilning bahorida u "Ximka"da ombor kompleksi (70 ming kv.m) qurilishini oxiriga yetkazmoqchi va buyurtmalarni  bajarish hajmini kuniga 9 mingdan 30 mingga oshirmoqchi.

Manba: Forbes

B2B-Center — buyurtmachi va yetkazib beruvchini bog‘lovchi elektron savdo maydoni. 2002 yilda yaratilgan servis iqtisodiyotning turli sohalarida (energetika, neft-kimyo, metallurgiya, avtomobil sanoati va b.) 43 turdagi savdo jarayonlarini o‘tkazish imkonini beradi. Tizimda 350 mingga yaqin kompaniya ishlaydi, B2B-Center'ning 15 yillik faoliyati davomida 15,2 trillion rubllik deyarli million savdo amalga oshirilgan. Kompaniyaning uch ofisi bor (Moskva, Bryansk va Minskda), ularda 300 nafarga yaqin xodim faoliyat yuritadi.

Manba: Forbes

Rossiyaning eng yirik onlayn-kinoteatri hisoblanadi - baholarga ko‘ra, soha bozorining 33 foizi uning hissasiga to‘g‘ri keladi. 2017 yilning dekabrida servis auditoriyasi 40 million kishini tashkil qildi. Ivi.ru standart model bo‘yicha ishlaydi: foydalanuvchiga to‘lovli va bepul filmlar taklif etiladi, daromadning bir qismini reklama ta'minlaydi. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, 2017 yilda videoservislar daromadlarida birinchi marta o‘zgarish kuzatiladi: nihoyat, pulli video tomoshasidan tushgan daromad reklama daromadlaridan oshadi.

Manba: Forbes

SuperJob rekruting loyihasi 2000 yilda Aleksey Zaxarovning saytlar ishlab chiquvchi va ularni qo‘llab-quvvatlovchi «Triumvirat Development» kompaniyasi tomonidan ishga tushirilgan. O‘shanda Zaxarov onlayn-rekrutmentni "yuqori rentabelli" soha sifatida baholagan. 2002 yilda resur vakansiyalar va rezyumedan iborat bepul e'lonlar saytidan tijorat portaliga aylangan. SuperJob 2016 yilda Social Link nomi ostidagi ijtimoiy tarmoqlardagi nomzod haqidagi axborot agregatorini ishga tushirdi. 2017 yilda saytda yangi funksiya - uyiga yaqin joydan ish izlash imkoni paydo bo‘ldi.

Manba: Forbes

Cian.ru portali — ko‘chmas mulkni sotish va ijaraga olishga doir e'lonlar agregatori. Shuningdek «Tsian Grupp»ga Peterburgning ko‘chmas mulkka oid emls.ru sayti ham kiradi. 2018 yilning 10 yanvariga qadar kompaniya «Delovoy mir onlayn» (realty.dmir.ru) portaliga egalik qilgan, hozir u yopiq, bu haqida 2017 yil oxirida «Tsian Grupp» bosh direktori Maksim Melnikov ma'lum qildi. Kompaniyaga asosiy daromad to‘lov amalga oshiriluvchi e'lonlar ortidan keladi. "Promsvyazbank"ning sobiq egalari Dmitriy va Aleksey Ananevlar «Tsian Grupp»ning asosiy egalari hisoblanadi, 27 foizi esa «Elbrus Kapital» kompaniyasiga tegishli.

Manba: Forbes

Kompaniya Mamba, Wamba, Teamo va Yonja.com tanishuv servislarini rivojlantirmoqda. "Mamba"ni nazorat qiluvchi aksiyador - «Finam» (biznesning 65 foiziga egalik qiladi), qolgan 35 foizi Mail.ru Group'ga tegishli. Kompaniya faqat Rossiyada ishlamaydi, 2017 yilning dekabrida uning Turkiyadagi Yonja.com saytiga 95 mingdan ziyod kishi kirgan. Servis xorijiy bozorlarga ekspansiyani boshlab, o‘z nomini Mamba'dan Wamba'ga o‘zgartirdi, chunki mamba domeni ko‘p mamlakatlarda konfetlar ishlab chiqaruvchi tomonidan band qilingan edi. Bugun Wamba 20 tilga tarjima qilingan va u reklama hamda nufuzli akkauntlar sotuvidan pul ishlaydi.

Manba: Forbes

Kompaniya ikki ishbilarmon ­— Sergeya Rijikov («Bitriks») va Boris Nuraliyev («1S»)ning sa'y-harakatlarini birlashtirish natijasida paydo bo‘lgan. «1S-Bitriks» saytlar va onlayn-loyihalar boshqaruv tizimini ishlab chiqaradi, veb-studiyalarga litsenziya sotish ortidan pul ishlaydi. Bugun kompaniyaning IT-mahsulotlaridan 3 milliondan ziyod kishi foydalanradi. 2017 yilning avgustida «1S-Bitriks» o‘z segmentidagi eng mashhur kompaniya deb topilgan. Data Insight tahlil agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, kompaniya Rossiya bozorining 28,7 foizini egallaydi.

Manba: Forbes

SkyEng ingliz tili onlayn-maktabi birinchi marta Runetning eng qimmat kompaniyalari qatoriga qo‘shildi. Loyiha ta'lim tizimining zamonaviy konsepsiyalarini qo‘llaydi: darslar masofadan videoaloqa orqali o‘tkaziladi, o‘quvchi rivojlanishi maxsus dastur asosida nazorat qilinadi, o‘qituvchilar esa mashina ta'limi algoritmi yordamida tanlanadi. 2017 yilda SkyEng loyihasi Baring Vostok investitsion fondi mablag‘ini jalb qildi. Natijada u Rossiyadagi EdTech (ta'lim texnologiyalari) sektoridagi eng qimmat startapga aylandi.

Mavzuga oid