Jahon | 15:54 / 22.02.2018
18983
1 daqiqa o‘qiladi

Mordoviyada O‘zbekiston fuqarosi homilador bo‘lgan xotinini bo‘g‘ib o‘ldirdi

O‘zbekistonning 24 yoshli fuqarosi homilador bo‘lgan rafiqasini o‘ldirganlikda ayblanmoqda. U 20 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin, deb xabar berishgan Rossiya Tergov qo‘mitasining Mordoviya bo‘yicha tergov boshqarmasidan.

Tergov versiyasiga ko‘ra, qotillik 20 fevral kuni Luxovka hududidagi ijaraga olingan kvartirada yuz bergan. Erkak va uning 26 yoshli rafiqasi nima sababdandir qattiq janjallashib qolgan. Natijada erkak xotinini bo‘g‘ib o‘ldirgan. Shundan so‘ng u politsiya bo‘linmasiga yo‘l olgan va yuz bergan hodisa haqida aytib bergan. «S» ma'lumotlariga ko‘ra, ayol homiladorlikning 28-haftasida bo‘lgan.

Ushbu holat bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Ayni damda ro‘y bergan voqeaning barcha tafsilotlarini aniqlashga qaratilgan tergov harakatlari olib borilmoqda, qator ekspertizalar tayinlandi. Gumonlanuvchi qo‘lga olindi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid