Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Stiv Jobsning grammatik xatolarga ega rezyumesi auksionda sotiladi
Yosh Stiv Jobsning texnologiyalar sohasida ish qidirish uchun tuzilgan rezyumesi auksiondan sotiladi, deb xabar bermoqda The Guardian.
Bir sahifadan iborat bo‘lgan rezyume Jobsning o‘zi tomonidan 1973 yilda yozilgan va qator imloviy hamda punktuatsion xatolarga ega.
Masalan, u o‘z familiyasini kichik harf bilan yozgan.
Jobs rezyumeda haydovchilik guvohnomasi borligini, biroq telefoni yo‘qligini bildirgan.
Hujjatning taxminiy narxi 50 ming dollardan boshlanadi.
Auktsion 8-15 mart kunlari bo‘lib o‘tadi. Shuningdek, kimoshdi savdoga Jobs tomonidan 2001 yilda imzo qo‘yilgan, taxminiy narxi 25 ming dollar bo‘lgan Mac OS X texnik qo‘llanmasi va 2008 yilda gazetada chiqqan hamda imzo qo‘yilgan, Jobsning yangi iPhone bilan surati tasvirlangan, taxminiy narxi 15 ming dollar bo‘lgan maqola ham qo‘yiladi.
Mavzuga oid
16:12 / 31.03.2025
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni ijaraga berish tartibi o‘zgartirildi
17:09 / 23.03.2025
Apple va Stiv Jobsga bag‘ishlangan kimoshdi savdolari bo‘lib o‘tdi
16:42 / 07.02.2025
2024 yilda birjada sotilgan eng arzon va eng qimmat avtoraqamlar narxi ma’lum qilindi
19:33 / 05.02.2025