Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fotojamlanma. Qishki Olimpiadaning yopilish marosimi
25 fevral kuni Janubiy Koreyaning Pyongchang shahrida XXIII Qishki Olimpiya o‘yinlari yopilish marosimi o‘tkazildi.
16 kun davom etgan musobaqada Norvegiya 14ta oltin, 14ta kumush va 11ta bronza medal bilan birinchi bo‘ldi. Ikkinchi o‘rinni Germaniya (14-10-7), uchinchi o‘rinni Kanada terma jamoasi (11-8-10) egalladi.
Rossiyalik olimpiyachi atletlar jamoasi esa 2ta oltin, 6ta kumush va 9ta bronza bilan 13-o‘rindan joy oldi. Rossiyaliklarga yopilish marosimida ham Rossiya bayrog‘i ostida chiqishga ruxsat berilmadi, atletlar ko‘ngilli tomonidan ko‘tarilgan olimpiya bayrog‘i ostida yurib o‘tishdi.
Marosim yakunida Janubiy Koreya shahri estafetani 2022 yilgi o‘yinlarga mezbonlik qiluvchi Pekin shahriga topshirdi.
Olimpiada yopilish marosimining yuqoridan ko‘rinishi
AQSh prezidenti Donald Trampning qizi Ivanka Tramp, Koreya respublikasi prezidenti Mun Je In va uning rafiqasi
Barcha davlatlar bir xalqa atrofida birlashgan mahal
Yopilish marosimida O‘zbekiston bayrog‘i Ukraina va Rossiyalik olimpiyachi atletlar neytral bayrog‘i orasida
XOQ prezidenti Tomas Bax Pyongchang-2018 olimpiadasini rasman yopiq deb e'lon qildi
Bax Olimpiada bayrog‘ini kelgusi Qishki olimpiya o‘yinlari mezboni, Pekin shahri meriga topshirdi
Pyongchangda olimpiya mash'alasi o‘chirildi
Mavzuga oid
14:53 / 30.01.2022
Shavkat Mirziyoyev qishki Olimpiadaning ochilish marosimida ishtirok etadi
20:42 / 22.08.2018
2018 yilgi qishki Olimpiada bo‘lmasligi ham mumkin edi – XOQ
14:12 / 13.03.2018
Pyongchangdagi Paralimpiada rekord o‘rnatdi
19:51 / 09.03.2018