«Manchester Yunayted» «Chelsi»ni yengib, 2-o‘ringa qaytdi
Angliya premer-ligasining 28-turidan o‘rin olgan markaziy uchrashuvda «Manchester Yunayted» Londonning «Chelsi» klubini qabul qildi.
Uchrashuvning birinchi bo‘limida avvaliga Villian jamoasining qarshi hujumini o‘zi boshlab berib, Azar orqali bu hujumni yakunladi va hisobni ochdi. Ko‘p o‘tmay, Romelu Lukaku Marsiyalning ajoyib to‘p uzatishidan so‘ng farqni yo‘qqa chiqardi.
Ikkinchi bo‘limda endi Lukakuning pasini Lingard Tibo Kurtua qo‘riqlayotgan darvozaga joylab qo‘ydi. Bu gol o‘yin so‘ngiga qadar o‘zgarmadi va natijada «Manchester Yunayted» muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Ushbu g‘alabadan keyin «MYu» hisobidagi ochkolar soni 59taga yetdi va jamoa «Liverpul»ni quvib o‘tib, 2-o‘ringa qaytdi. «Chelsi» esa kuchli to‘rtlikdan ham pastlab 5-o‘ringa tushib qoldi.
Angliya premer-ligasi
28-tur
Manchester Yunayted – Chelsi 2:1 (1:1)
Gollar: Lukaku (39), Lingard (75) – Villian (32).
Manchester Yunayted: De Xea, Smolling, Lindelyof, Valensiya, Maktominey, Yang, Pogba, Matich, Sanches (Bayi, 81), Marsiyal (Lingard, 64), Lukaku.
Chelsi: Kurtua, Aspilikueta, Kristensen, Ryudiger, Mozes (Jiru, 78), Villian, Kante, Azar (Pedro, 73), Drinkuoter (Fabregas, 81), Alonso, Morata.
Ogohlantirishlar: Kante (30), Valensiya (68), Matich (85), Morata (88).
Mavzuga oid
12:56 / 22.09.2024
«Real»da yana bir jarohat, «MYu»da omadsizlik. Kun o‘yinlari
13:29 / 17.09.2024
Ronaldu - «MYu»ni tark etishi, klub bilan hozirgi munosabatlari va o‘g‘lining futbolchi bo‘lish istagi haqida
14:06 / 08.09.2024
«MYu»dagi uchinchi mavsum: Ten Hagga g‘olib jamoa qurish uchun yana qancha vaqt va pul kerak?
10:26 / 02.09.2024