Yomg‘ir tufayli Buxorodagi tarixiy obektni suv bosdi (Foto)
2018 yilning 26 fevral kuni yoqqan kuchli yomg‘ir tufayli Buxoro shahrining qadimiy qismidagi tarixiy binolardan birini suv bosdi, deb yozmoqda “Xalq so‘zi”.
Qayd etilishicha, bu haqda mazkur shaharda yashovchi fuqaro ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida xabar qoldirgan.
U joylashtirgan suratlar va videoni ko‘rib, gap Chorminor madrasasi haqida ketayotganini anglash mumkin. Suratlarda Chorminorning hovlisi suvga to‘lgani yaqqol ko‘rinib turibdi.
Tabiiy hodisa yuz bergan joyga o‘t uchirish va favqulodda vaziyatlar xizmatlari xodimlari yetib kelgan.
Chorminor madrasasi haqida: Chorminor madrasasi xalifa Niyozqul tomonidan 1807 yilda barpo etilgan. U peshayvonli masjid, madrasa, kutubxona, hovuz va hujralardan iborat. Murakkab tarxli to‘rtta minora (mezana)ga ega. Kutubxonaga minora orqali chiqilgan. Mustaqillik yillarida Chorminorning kirish qismi minoralari, hovuz va madrasa ta’mirdan chiqarildi va asl holiga keltirildi.
Mavzuga oid
13:11 / 18.11.2024
Xitoy Buxoroda "yashil" sanoat parkini barpo etadi
07:54 / 18.11.2024
Toshkent - Buxoro - Toshkent yo‘nalishida yangi poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
12:01 / 09.11.2024
Buxoroda 16 yoshli bola o‘nlab shaxslar nomiga kredit olib, onlayn qimorga tikib yubordi. U qamoqqa olingan
11:34 / 06.11.2024