Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda ADWEEK haftaligi boshlandi
Toshkentda Marketing va reklama Haftaligi boshlandi. Uning yirik tadbirlari: Marketing Konferentsiyasi, Marketing va reklama ko‘rgazmasi, ADWEEK reklama Tanlovi hamda Innovatsion yarmarka, workshop va panelli munozaralar.
Marketing va reklama haftaligini OAV vakillari uchun Milliy matbuot markazidagi bo‘lib o‘tgan matbuot-anjumani ochib berdi. Haftalik tashkilotchilari va ekspertlari International mehmonxonasida bo‘lib o‘tadigan ADWEEK faoliyati, dasturlari, mehmonlari va yangiliklari haqida so‘zlab berdilar.
ADWEEK doirasida 27 fevral kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti bilan hamkorlikda mahorat darslari va keng miqyosli Innovatsion yarmarka o‘tkaziladi. Tashkilotchilar “Sayyohlik mahsulotlari marketingi” mavzusini muhokama qilish istagida bo‘lganlarni o‘sha kuni kechqurun GroundZeroga taklif etadilar.
Marketing va reklama Ko‘rgazmasini o‘tkazishdan maqsad quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha marketing bozori asosiy ishtirokchilarining erishgan yutuqlarini namoyish etish va raqobat ustuvorliklarini yanada rivojlantirishdan iborat: reklama ishlab chiqaruvchi agentliklar, dizayn-studiyalar, web-studiyalar, matbaa korxonalari, media agentliklari, marketing agentliklari, video mahsulotlar, suvenir (esdalik) mahsulotlar ishlab chiqaruvchilari va boshqalar. Ko‘rgazma uch kun davom etadi (2018 yil 28 fevraldan – 02 martgacha) va u ishtirokchilarni taqdirlash marosimi bilan yakunlanadi.
Mavzuga oid
14:17 / 15.08.2022
“Hamma jim va harakatsiz” – reklamalar davlat tilida bo‘lishini ko‘zda tutuvchi qonunning targ‘iboti sezilmayotgani e’tirozga sabab bo‘lyapti
20:50 / 12.07.2021
Reklama to‘g‘risidagi qonun loyihasini manfaatdor tashkilotlar bilan kelishishda qonun talabi buzilmagani bildirildi
19:24 / 30.08.2020
«Marketing ilm sohasiga aylanib ulgurdi» - Finlandiyadagi o‘zbek marketolog bilan suhbat
13:52 / 16.03.2020