O‘zbekiston | 13:52 / 16.03.2020
1580
1 daqiqa o‘qiladi

ADWEEK marketing va reklama haftaligi qoldirildi

Oktyabrda ADWEEK tadbirlarining o‘tkazilishi dasturi, qatnashish shartlari va joylari o‘zgarishsiz qoladi 

Foto: ADWEEK

Covid-19 kirib kelishi va tarqalishining oldini olish respublika maxsus komissiyasi qaroriga ko‘ra, O‘zbekistonda 2020 yil 16 martdan barcha ommaviy tadbirlar bekor qilindi.

IV ADWEEK marketing va reklama haftaligi tashkiliy qo‘mitasi ADWEEK o‘tkazilishini 2020 yil 15–17 oktabr kunlariga qoldirishga qaror qildi.

Oktyabrda ADWEEK tadbirlarining o‘tkazilishi dasturi, qatnashish shartlari va joylari o‘zgarishsiz qoladi. Ko‘rgazma, kreativ tanlov, marketing forumi va reklama konferensiyasining ro‘yxatdan o‘tgan barcha qatnashchilari avtomatik ravishda tadbir o‘tkaziladigan yangi muddatlarga ro‘yxatga kiritiladi.

TAF! kreativ tanloviga ishlar hamda marketing va reklama ko‘rgazmasida qatnashishga arizalar qabul qilish davom etmoqda. "Yil brendi" taqdirlash marosimi may oyida, karantin muddatlari tugagach o‘tkaziladi. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid