Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bahodir Jalolov: «O‘zbek bokschilarining ahilligiga butun dunyoda tan berishadi»
WSB yo‘nalishidagi musobaqalarda ishtirok etayotgan «Uzbek Tigers» jamoasi bokschisi, +91 kg vazn toifasida ringga chiqadigan Bahodir Jalolov ertaga bo‘lib o‘tadigan jangi oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
— Bu safar tayyorgarlik har safargidan jiddiyroq bo‘ldi, deb ayta olaman. WSB yo‘nalishidagi janglarda tobora kuchli bo‘lib borayotganimni o‘zim ham his qilyapman. Xudo xohlasa, ertaga bo‘lib o‘tadigan jangda chiroyli jang qilib, g‘alaba qozonaman va buni isbotlayman, deb umid qilaman.
— Kechagi janglarda ham xuddi o‘zingiz ringga chiqqandik bo‘ldingiz...
— 1-turda Kubaga qarshi jangda mag‘lubiyatga uchragandik. Yigitlar kecha ulardan biz uchun ham revansh olishdi. Mag‘lubiyat alamini unutish uchun ham bu g‘alaba kerak edi. Shu bois qo‘ldan kelgancha, sheriklarimizni qo‘llab-quvvatlashga harakat qildik.
Butun dunyoda o‘zbekistonlik bokschilarning ahilligiga tan berishgan. Rioda o‘tgan olimpida vaqtida ham, jahon chempionatida ham raqib jamoalar buni ko‘p gapirishardi. Ovqatlangani ham butun jamoa bo‘lib chiqib, butun jamoa bo‘lib qaytardik. Braziliyada Rossiya terma jamoasi murabbiyi bunaqa ahil jamoani ko‘rmagandim, tan berdim sizlarga degandi.
Ishoning bunaqa jamoa hech qayerda yo‘q. O‘shandayoq biz ahil jamoa ekanimizni ko‘rsata olganmiz. O‘shandan boshlab kim O‘zbekiston nomidan ringga chiqsa, uni imkoni boricha qo‘llab-quvvatlashga harakat qilamiz», deya gapirib o‘tdi Bahodir Jalolov KUN.UZ muxbiri bilan intervyu chog‘ida.
Mavzuga oid
08:07 / 06.04.2025
Bahodir Jalolov ukrainalik raqibni mag‘lub etdi
12:39 / 06.02.2025
Jalolovning Spilmondga qarshi jangi bekor bo‘ldi
17:11 / 29.11.2024
Bahodir Jalolovning professional boksdagi navbatdagi raqibi ma’lum bo‘ldi
03:07 / 11.08.2024