Yevropaning eng xaridorgir mashinalari reytingi tuzildi
Yevropada eng xaridorgir avtomobil Volkswagen Golf bo‘lib qolmoqda. Bu mashinadan yanvar oyining o‘zida 45 ming 93 dona sotilgan, bu ko‘rsatkich 2017 yilgiga nisbatan 16,1 foiz ko‘proqdir.
Focus2move tahlilchilari ma'lumotlariga ko‘ra, Yevropa bozorida yetakchilar o‘zgardi: agar Golf’dan hanuzgacha hech bir model o‘tolmayotgan bo‘lsa, yangi reytingda 2-o‘rin Volkswagen Polo’ga nasib qilgan. Bu mashinadan yanvarda 27268 dona sotilgan (4,9 foiz o‘sish), vaholanki avvalgi reytingda bu o‘rinni Renault Clio egallagan.
3-o‘rinni Ford Fiesta egallagan. 26 ming 727 dona sotilgan bu mashina bir yil avval Yevropada 5-o‘rinni egallagan.
Ro‘yxatning keyingi o‘rinlarini mos ravishda 25507 va 23958 dona sotilgan Renault Clio (4 foiz kamayish) va Volkswagen Tiguan (1,6 foiz o‘sish) egallamoqda.
Yetakchi o‘ntalikning 6-o‘rnini 21159 dona sotilgan Skoda Octavia (6,8 foiz o‘sish) egallamoqda, so‘ngra 21708 dona sotilgan Nissan Qashqai krossoveri (2,3 foiz o‘sish) va 21459 dona sotilgan Peugeot 208 (5,8 foiz o‘sish) kelmoqda.
Oxirgi o‘rinlarni Ford Focus va Toyota Yaris egallagan. O‘tgan oy bu mashinalardan mos ravishda 19 435 (7,5 foiz o‘sish) va 18 812 (17,3 foiz o‘sish) dona sotilgan.
Mavzuga oid
10:10 / 04.11.2024
WP: Yevropa Tramp davrida AQSh bilan «munosabatlarni uzish»ga tayyorlanmoqda
15:24 / 03.11.2024
Gurjiston va Moldova saylovlari: Yevropa orzusi orzuligicha qoldimi?
12:30 / 01.11.2024
Yevropadagi qurol ishlab chiqaruvchilar mablag‘ yetishmasligidan shikoyat qilmoqda
11:50 / 01.11.2024