Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ota ikki qadam naridagi qizining o‘g‘irlab ketilganini sezmay qoldi (video)
Hindistonning Mumbay shahrida do‘konda ishlovchi erkakning chamasi 2-3 yashar qizi do‘kon oldiga chiqqanda o‘g‘irlab ketildi. Do‘kon ichida bo‘lgan ota qizining o‘g‘irlab ketilganini sezmay qolgan. Kuzatuv kamerasiga muhrlangan ushbu holat haqida Daily Mail nashri ma'lum qildi.
Rolikda qizcha ko‘chaga chiqqani, dastlab uning yonidan o‘tib ketmoqchidek ko‘ringan noma'lum erkak qizchani qo‘liga olib, hech narsa bo‘lmagandek ketishda davom etganini ko‘rish mumkin.
Ota bir qancha fursatdan keyingina qizi yo‘qolgani haqida bong ura boshlagan. U qizi shunchaki ko‘chada o‘ynab yuribdi, deb o‘ylagan. Politsiya kameradagi yozuvlarni o‘rganib, jinoyatchini 6 soatdan keyin topishga muvaffaq bo‘lgan.
Ta'kidlanishicha, nashr qizchaning salomatligi va erkak nima sababli bu ishni sodir etgani haqida ma'lumotlarga ega emas.
Mavzuga oid
14:39 / 17.01.2025
O‘zbekiston shaharlaridan biri va Mumbay o‘rtasida birodarlik aloqalari o‘rnatiladi
15:22 / 14.05.2024
Mumbayda shamol tufayli ulkan bilbord quladi. 14 kishi halok bo‘lgan
14:06 / 08.04.2024
Toshkent-Mumbay yo‘nalishida havo qatnovi yo‘lga qo‘yildi
08:48 / 29.02.2024