O‘zbekiston | 12:15 / 28.02.2018
3547
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston Budapeshtdagi mintaqalararo uchrashuvda ishtirok etdi

Foto: Tashqi ishlar vazirligi

2018 yilning 27 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi Budapesht shahrida «Vishegrad guruhi» va Markaziy Osiyo mamlakatlari tashqi ishlar vazirlarining birinchi uchrashuvida ishtirok etdi.

«Vishegrad guruhi»da Vengriya raisligi doirasida taklif etilgan «V4 + Markaziy Osiyo» vazirlar forumida Vengriya, Polsha, Slovakiya, Chexiya, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston delegatsiyalari turli sohalardagi ikki tomonlama va mintaqalararo hamkorlikning hozirgi holati va istiqbollari muhokama qildi.

O‘zbekiston delegatsiyasi chiqishida qayd etilganidek, mamlakat mavjud iqtisodiy, intellektual va ilmiy-texnikaviy imkoniyatlarni inobatga olgan holda «Vishegrad guruhi» davlatlari bilan o‘zaro manfaatli va samarali aloqalarni kengaytirish tarafdoridir.

Mamlakatda keng ko‘lamli islohotlar o‘tkazish va chuqur o‘zgarishlar olib borish, xorijiy sheriklar bilan, avvalo Markaziy Osiyo davlatlari bilan aloqalarni mustahkamlash, ko‘p yillik Afg‘oniston muammosi nuqtai nazaridan mintaqada xavfsizlikni ta'minlash bo‘yicha O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan siyosiy kun tartibning asosiy qismlari bilan uchrashuv ishtirokchilari tanishtirildi.

Forumda delegatsiyalar tomonidan mintaqalararo hamkorlikning yangi formati umumiy shaklda qo‘llab quvvatlandi.

Shu kunning o‘zida vazirlar forumida ishtirok etgan delegatsiyalar rahbarlari Vengriya bosh vaziri Viktor Orban tomonidan qabul qilindi.

Mavzuga oid