O‘zbekiston | 11:20 / 01.03.2018
18182
1 daqiqa o‘qiladi

Bugun Samarqand va So‘g‘d viloyati o‘rtasidagi avtomobil o‘tkazish punkti ochiladi

Foto: O‘zA

Bugun Samarqand viloyati va Tojikiston Respublikasining Sug‘d viloyati o‘rtasidagi "Jartepa" avtomobil o‘tkazish punkti ochiladi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, ayni paytda mazkur maskanning ochilish marosimiga tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Unda ikki viloyatning jamoatchilik vakillari, faollar va chegara hududidagi mahallalarda yashovchi aholi, davlat va jamoat tashkilotlari mas'ullari ishtirok etadi. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tojikiston bilan chegaradagi «Oybek» postida chegaradan o‘tish tartibi soddalashtirilgani ma'lum qilingandi.

Foto: O‘zA

 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid