Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farrux Zokirov Qirg‘iziston prezidenti nomidan «Do‘stlik» ordeni bilan taqdirlandi
«Yalla» vokal-instrumental ansambli rahbari Farrux Zokirovga 27 fevral kuni Qirg‘iziston prezidenti nomidan «Do‘stlik» ordeni topshirildi, deb xabar beradi Kabar.
Farrux Zokirovga mukofotni topshirish Qirg‘iziston va O‘zbekiston o‘rtasida diplomatik aloqalar o‘rnatilganligining 25 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlarda bo‘lib o‘tdi. Qirg‘iziston prezidenti nomidan ordenni Qirg‘izistonning O‘zbekistondagi elchisi Doniyor Sidiqov topshirdi.
Eslatib o‘tamiz, 2017 yilning noyabrida Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev «Yalla» guruhi rahbari, xonanda, bastakor Farrux Zokirovni «Do‘stlik» ordeni bilan taqdirlash to‘g‘risida farmonga imzo chekkandi.
Farrux Zokirov Qirg‘iziston va O‘zbekiston xalqlari o‘rtasidagi do‘stlikni mustahkamlashga qo‘shgan katta hissasi, uzoq yillik va samarali ijodiy faoliyati uchun «Do‘stlik» ordeni bilan taqdirlandi.
Mavzuga oid
07:50 / 24.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
16:53 / 23.05.2025
Qirg‘iziston prezidenti noqonuniy migrantlarga 10 iyungacha muhlat berdi
20:42 / 20.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
20:07 / 20.05.2025