Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jurnalist Bobomurod Abdullayev ishi bo‘yicha sud 5 martda boshlanadi
Jurnalist Bobomurod Abdullayev ustidan tergov nihoyasiga yetgan va ish Toshkent shahar sudiga oshirilgan.
5 mart kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudida Konstitutsiyaviy tuzumga tajovuz qilishda ayblangan Bobomurod Abdullayevga nisbatan ilk sud eshituvi bo‘lib o‘tadi. Bu ma'lumotni «Kun.uz»ga Oliy sud matbuot xizmati tasdiqladi.
Shuningdek, 5 mart kuni Bobomurod Abdullayev ishi doirasida qo‘lga olingan Hayotxon Nasriddinov, Shavkat Olloyorov va Ravshan Salayevga nisbatan sud eshituvi bo‘lib o‘tadi.
Ma'lum qilinishicha, ular Jinoyat kodeksining 159-moddasida ko‘zda tutilgan jinoyat sodir etishda ayblangan (O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz qilish).
Mazkur jinoyat ishi Toshkent shahar sudi sudyasi Zafar Nurmatov raisligi sud tarkibi va xalq maslahatchilari ishtirokida ko‘rib chiqiladi.
Eslatib o‘tamiz, Bobomurod Abdullayev 2017 yilning 27 sentabrida MXX tomonidan hibsga olingandi.
Keyinroq xalqaro tashkilotlar Bobomurod Abdullayevni zudlik bilan ozod etishga chaqirgandi.
Mavzuga oid
12:02 / 24.05.2025
«Sizga achinaman, janoblar!» – Abdurahmon Tashanovning shu nomli posti kamsitish deb topildi
09:35 / 24.05.2025
Sud Trampning Harvardga xorijliklarni qabul qilishni taqiqlash qarorini blokladi
11:53 / 22.05.2025
Ayrim nizolarni sudgacha ko‘rib chiqishning yangi tartibi joriy etiladi
09:31 / 21.05.2025