Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Instagram’da videoqo‘ng‘iroq imkoniyati paydo bo‘ladi
Instagram ijtimoiy tarmog‘ida ovozli qo‘ng‘iroq va videoqo‘ng‘iroq funksiyalari paydo bo‘ladi, deb yozmoqda Techcrunch nashri.
Foydalanuvchilar Instagram’ning Android-versiyasida “qo‘ng‘iroq” va “videoqo‘ng‘iroq” fayllari va ikonkalarini aniqlashgan. Videoqo‘ng‘iroq ikonkasi paydo bo‘lgani haqida yanvarda ma'lum qilingandi, biroq ko‘rinishicha, o‘sha vaqtda ushbu funksiya ichki sinovdan o‘tayotgan bo‘lgan.
Endi esa bu belgilar umumfoydalanish fayllarida paydo bo‘lgan. Shunday ekan, unda yangi funksiyalar paydo bo‘lgani haqida yaqinda rasman e'lon qilinadi.
Biroq Instagram’da yangi funksiyalar paydo bo‘lgani tasdiqlanmagan.
“Biz bunga izoh bera olmaymiz”, deb aytgan kompaniya vakili.
Mavzuga oid
16:39 / 12.04.2025
Instagram o‘smirlar uchun ba’zi cheklovlarni joriy qiladi
08:40 / 26.03.2025
Rossiyada Instagram va Facebookʼda reklama joylash taqiqlandi
16:24 / 22.03.2025
Rossiyada Instagram’da reklama joylaganlar jarima to‘laydi
22:30 / 02.01.2025