Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sharqiy G‘utada 10 kun ichida 770 dan ko‘proq odam halok bo‘lgani ma'lum qilindi
“Chegara bilmas shifokorlar” (MSF, fr. Médecins sans frontières) tashkiloti Damashq yaqinidagi Sharqiy G‘utada 18 fevraldan 27 fevralgacha tinch aholi orasidan 770 dan ko‘proq kishi halok bo‘lgani va 4050 kishi yaralanganini ma'lum qildi.
Tashkilotning bayonotida aytilishicha, oxirgi ikki kun davomida Sharqiy G‘uta o‘qqa tutilishi davom etmoqda.
“Bizga ma'lum bo‘lishicha, hududdan tibbiy evakuatsiya o‘tkazilmagan”, deyilgan tashkilotda va hududga gumanitar yetkazmalar ham amalga oshirilmagani qo‘shimcha qilingan.
Tashkilot tomonidan qo‘llab-quvvatlanuvchi tibbiy muassasa uch marta o‘qqa tutilgan. Oxirgi o‘qqa tutish vaqtida bir tibbiy xodim yaralangan. Umumiy hisobda, tashkilot bilan bog‘liq bo‘lgan 20 ta obektdan 15 tasi o‘qqa tutilgan.
Sharqiy G‘utada jiddiy gumanitar vaziyat yuzaga kelgan, jangarilar tinch aholining hududdan chiqib ketishiga yo‘l qo‘ymayapti, gumanitar yuklar yetkazilishi va yaradorlar olib chiqilishiga to‘sqinlik qilmoqda. BMT Xavfsizlik kengashi qarama-qarshi tomonlardan butun Suriya bo‘ylab kamida 30 kunga to‘qnashuvlarni to‘xtatishi va gumanitar tanaffusni ta'minlashini talab qiluvchi rezolyutsiyani qabul qilganiga qaramasdan, to‘qnashuvlar to‘xtamayapti.
Mavzuga oid
15:20 / 08.04.2018
Rossiya Suriyada kimyoviy qurol qo‘llangani haqidagi xabarlarni rad etdi
11:10 / 08.04.2018
Suriyada kimyoviy qurol qo‘llanishi oqibatida 70 kishi halok bo‘ldi, AQSh Rossiyani aybladi
15:24 / 06.03.2018
Sharqiy G‘utada yana kimyoviy hujum, 30 kishi jabrlangani aytilyapti
07:45 / 05.03.2018