Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Burkina-Fasoda Fransiya elchixonasi va mamlakat bosh shtabi hujumga uchradi
2 mart kuni ertalab Fransiyaning Burkina-Faso poytaxti Uagadugudagi elchixonasi va mamlakat bosh shtabiga qurolli hujum amalga oshirildi.
OAV ma'lumotlariga ko‘ra, niqoblarda bo‘lgan qurollangan kishilar bosh shtab qo‘riqchilariga hujum qilishgan. Shuningdek, Fransiya elchixonasi joylashgan hududda ham otishma va portlash ovozlari eshitilgan.
Uagadugu meri Arman Beuinde hujumni terakt deb atagan va undan maqsad Fransiya elchixonasi va bosh shtab bo‘lganini tasdiqlagan.
“Gap terakt haqida ketmoqda. 10 ga yaqin jangari Fransiya elchixonasi va bosh shtabga hujum qildi”, deb aytgan Beuinde.
“Frans Press” axborot agentligi xavfsizlik sohasidagi manbalarga iqtibos keltirgan holda bosh shtabga hujum oqibatida kamida 28 kishi halok bo‘lganini ma'lum qilgan.
Biroq Burkina-Fasoning axborot vaziri Remi Danjinu bu xabarni rad etgan.
“Dastlabki ma'lumotlar shunday: 8 jangari yo‘q qilingan (4 nafari elchixona oldida va 4 nafari bosh shtab oldida), xavfsizlik xizmati xodimlari va harbiylardan 7 kishi halok bo‘lgan”, deb ma'lum qilgan Danjinu.
BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish ushbu hujumlarni qoralagan va Burkina-Fasoga o‘z emissarini yuborganini ma'lum qilgan.
Guterrish BMT Burkina-Fasodagi vaziyat ortidan sinchkovlik bilan kuzatayotgani va u bu haqda mamlakat prezidenti Rok Mark Kristian Kabore bilan muloqot qilganini aytgan.
Mavzuga oid
11:00 / 27.05.2025
Liverpulda mashina odamlarga qarata haydalgani terakt deb hisoblanmayapti
10:40 / 05.05.2025
Braziliya politsiyasi Ledi Gaga konsertidagi teraktning oldini oldi
08:37 / 25.04.2025
Rossiyada teraktni tayyorlayotgan «markaziy osiyoliklar» yo‘q qilingani xabar berildi
09:30 / 24.04.2025