Jahon | 19:00 / 04.03.2018
25057
1 daqiqa o‘qiladi
Bishkekda dvigateli ishlamay qolgan samolyot favqulodda qo‘ndirildi (video)
Internetda Qirg‘izistonning Tez Jet aviakompaniyasi samolyotining parvozi va favqulodda qo‘nishi videosi paydo bo‘ldi.
Bishkekdagi “Manas” aeroporti matbuot xizmatida ma'lum qilinishicha, samolyot Bishkekdan Batken shahriga soat 14:22da uchgan. Samolyot havoga ko‘tarilgandan ko‘p o‘tmay uning chap dvigateli ishlamay qolgani sababli uchuvchilar favqulodda qo‘nishga ruxsat so‘rashgan.
Layner parvoz boshlangandan yarim soat o‘tgach qo‘ndirilgan. Samolyotda 96 yo‘lovchi bo‘lgan va ularga hech narsa qilmagan.
Tez Jet aviakompaniyasi 2013 yilda tashkil etilgan va Qirg‘iziston hududi bo‘ylab yo‘lovchi tashishlarni amalga oshirib keladi.
Mavzuga oid
13:40 / 24.11.2024
Qirg‘izistonda elektron sigaretalar taqiqlanadi
13:51 / 23.11.2024
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi O‘zbekistonda sezildi
21:37 / 20.11.2024
«Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» temiryo‘li bo‘yicha muzokaralar yakuniy bosqichda – OAV
20:34 / 20.11.2024