O‘zbekiston | 17:11 / 06.03.2018
5847
4 daqiqa o‘qiladi

ADWEEK 2018: baza stansiyalari uchun SanPin zamonaviylashtirish kampaniyasi yilning eng yaxshi PR loyihasi deb tan olindi

Foto: ADWEEK

2 mart kuni 2017 yilning 5 oktabridan 2018 yilning 31 yanvarigacha bo‘lib o‘tgan ADWEEK reklama Tanlovi g‘oliblarini tantanali taqdirlash marosimi o‘tkazildi. O‘zbekiston, Qozog‘iston va Rossiyaning reklama sohasi vakillaridan iborat 7 nafar hakamlar hay'ati 11 ta toifadagi eng yaxshi nomzodlarni tanlab oldi. Yilning eng yaxshi PR-loyihasi sifatida mobil aloqa operatorlari tayanch stansiyalari signalining oqim zichligini Sog‘liqni saqlash vazirligining standartlarini modernizatsiya qilish bo‘yicha kampaniya e'tirof etildi.

Uyali aloqa operatorlarining tayanch stansiyalari uchun sanitariya qoidalarini o‘zgartirish to‘g‘risidagi tashabbus bilan Beeline yil boshida chiqgan edi. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish Vazirligining ko‘magida 23 mln. abonentga mobil aloqa xizmatlarining sifatini yaxshilash va eskirgan standartlarni o‘zgartirish orqali tarmoqlar qamrovini kengaytirish loyihasi jamoatchilik muhokamasi tashkil etilgan edi. O‘zbekistonda uyali antennalarning elektromagnit nurlanish darajasiga oid sanitariya qoidalari va normalari dunyodagi eng qat'iy hisoblanadi: 2,5 mkVt/sm². Taqqoslash uchun: Rossiyada bu ko‘rsatkich 4 barobarga yuqori - 10 mVt/sm², Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida 40 barobarga yuqori - 100 mVt/sm² ga qadar, Isroilda esa 400 mVt/ sm². 10, 100 va 400 mVt/cm2 ham mutlaqo xavfsiz parametrlar ekanligi tushunarli.

Foto: ADWEEK

«Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining 2006 va 2011 yillarda chiqargan bayonotlariga ko‘ra, jahon mobil aloqa operatorlarining tayanch stansiyalari tomonidan inson salomatligiga zarar etkazilganining bir dona misoli ham qayd etilmagan. Shuni ta'kidlash kerakki, tayanch stansiyalarining oqim zichligi darajasining oshishi, avvalambor, aholi punktlari, shuningdek, avtomobillar va temir yo‘llari o‘tgan hududlarda uyali aloqa xizmatlarini taqdim etish uchun amalga oshiriladi. Faqat 2017 yilda mamlakat bo‘ylab mobil aloqa operatorlarining 1843 tayanch stansiyalari o‘rnatilgan. Shunday qilib, bugungi kunda butun respublika bo‘ylab 20 mingdan ortiq tayanch stansiyalari o‘rnatilgan. Joriy yilda yana 4000ta baza stansiyalari o‘rnatilishi rejalashtirilgan, bu mamlakatning mobil aloqa hududlarini qamrab olish darajasini sezilarli darajada oshiradi va har joyda sifatini yaxshilaydi», - dedi O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Axmedxadjayev Azim.

Foto: ADWEEK

ADWEEK xalqaro hay'ati loyihaning konsepsiyasi va strategiyasini, shuningdek, butun soha va regulyatorning faol yordami natijasida qo‘lga kiritgan ijobiy natijalarini yuqori baholadi. Bir qator analitik nashrlar va ekspertlar muhokamasidan so‘ng, Sog‘liqni saqlash vazirligi SanPin 0295-11ga qo‘shimchalar kiritdi, bu esa oqim zichligini 4 martaga ko‘paytirish imkonini berdi. O‘zbekistonning millionlab aholisi aloqa sifatidagi ijobiy o‘zgarishlarni boshidan kechirdi.

Foto: ADWEEK

Voqeani sharhlar ekan, Unitel‘ning Bosh direktori Dmitriy Shukov shunday dedi: «Ushbu masala bo‘yicha ADWEEK mukofoti Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi boshchiligidagi barcha operatorlarning birgalikdagi harakatlari telekommunikatsion infratuzilmani tez va samarali modernizatsiyalashga qanday yordam berishi mumkinligining yaqqol namunasidir. Bizning sohamiz ulkan bunyodkorlik salohiyatiga ega va shubhasiz, bozor tashabbuslarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi bilan jahonning eng yaxshi amaliyotlariga tayangan holda, biz katta natijalarga erisha olamiz».

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid