Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bugun chorak finalning yana ikki ishtirokchisi ma'lum bo‘ladi. YeChL prevyusi
Bugun, 7 mart oqshomida Yevropa Chempionlar ligasi nimchorak finali javob uchrashuvlari doirasida yana ikki uchrashuv o‘tkaziladi. Londonda «Tottenhem» «Yuventus»ni, Manchesterda «Manchester Siti» «Bazel»ni qabul qiladi. Muxlislarning asosiy e'tibori Londondagi qarama-qarshilikka qaratiladi.
«Tottenhem» – «Yuventus»: charchoqsiz va ta'tilsiz

TOTTeNHEM – YuVeNTUS
7 mart. London. «Uembli» stadioni. 00.45 (Match TV – 00.35).
Yo‘qotishlar: Alderveyreld (jarohat), Bernardeski, De Shilo, Ore (diskvalifikatsiya.) – Mandjukich, Kuadrado (jarohat), Iguain (so‘roq ostida)
Hakam: Marchinyak (Polsha).
Birinchi o‘yin – 2:2.
Bu juftlikda favoritni aniq aytish qiyin, 2015 va 2017 yilda finalgacha borgan turinliklar ustunroqdek ko‘rinsada, birinchi uchrashuv fikrlarni o‘zgartirib yuborgandi.
Turindagi birinchi uchrashuvdan keyin «Yuventus» mutaxassislar tomonidan ham, muxlislar tomonidan ham tanqidga uchradi. Bu tanqidlar adolatli edi, jamoa futbolchilarini agressivlikni yo‘qotgani uchun tanqid qilishdi, Buffonni jarima zarbasidan o‘tkazilgan gol uchun, Iguainni ikki gol ursada, penaltini isrof qilgani uchun so‘kishdi. Jamoa o‘yin startidayoq 2ta gol urgan, undan keyin ham hujum uyushtirishda davom ettirgandi, ammo tanaffusdan so‘ng birdan hammasi o‘zgarib ketdi, turinliklar raqib jarima maydonchasi tomon yaqinlashmay qo‘yishdi va g‘alabani boy berishdi.
Endi barcha o‘tgan mavsum finalchisi qarshisida qiyin vazifa turganini to‘g‘ri tushunib turibdi. Jamoa gol urishi zarur, gol o‘tkazmaslik undanda zarur. Lekin Keyn boshchiligidagi hujum chizig‘iga qarshi o‘ynab, darvozani daxlsiz saqlab bo‘ladimi? «Tottenhem»ni 0:0 yoki 1:1 hisobi ham qoniqtiradi, ammo «shporlar» o‘yinda tashabbusni raqibga topshirib, himoyada o‘tiradigan jamoa emas.
Ikki klubning ham ichki chempionatdagi ishlari bir tekisda kechmoqda. Turinliklar skudetto uchun «Napoli» bilan tengma-teng kurashmoqda, oxirgi turda «Latsio»ni safarda mag‘lub etib, jamoa chempionlik sari muhim qadamni tashladi.
Maurisio Pochettino shogirdlari oxirgi turda «Haddersfild»ni osonlik bilan yengib (Son Xin Minning ikki goli evaziga, unga Dele Alli va Harri Keyn assistentlik qilishdi) kuchli to‘rtlikdagi o‘rinni mustahkamladi. To‘pni nazorat qilishda londonliklar 73 foizlik ustunlikka ega bo‘lishdi.
«Tottenhem» mehmondo‘st jamoa emas, statistikaga ko‘ra, jamoa joriy mavsumda o‘z maydonida o‘tkazilgan 15 uchrashuvda faqat bir marta mag‘lub bo‘lgan (yana 4 o‘yinda durang). Qolaversa, «shporlar» 7 uchrashuvdan buyon italyanlarga qarshi o‘yinlarda mag‘lub bo‘lmagan (4 g‘alaba va 3 durang). Qur'a bu klubni 5 marta A Seriya jamoalariga ro‘baru qilgan, faqat bir marta, 2014-2015 yilgi mavsumda «Fiorentina» «Tottenhem» to‘sig‘idan o‘tgan (1:1, 2:0).
«Yuventus» ham maqtangulik statistikaga ega, «Keksa sinora» 15 uchrashuvdan buyon har o‘yinda gol urmoqda, joriy mavsumda to‘pururlik ko‘rsatkichi - har o‘yinga o‘rtacha 2,42ta gol.
«Yuventus» APL klublari bilan qarama-qarshiliklarda ustun. Turinliklar 7 uchrashuvdan buyon inglizlarga mag‘lub bo‘lmagan (3 g‘alaba, 4 durang). Tumanli Albionda maydon egalari 3 uchrashuvdan buyon turinliklarni yenga olmagan. Oxirgi marta 2015 yil sentabrida «Yuventus» «Manchester Siti»ga yutqazgandi (1:2). «Yuventus» Londondagi o‘yinlarda 6 o‘yindan buyon g‘alaba qozona olmagan.
«Yuventus» «Tottenhem»ga qarshi o‘yin hisoblanmasa, 2018 yilda o‘tgan boshqa 10 o‘yinda turinliklar bitta ham gol o‘tkazmagan. Qolaversa, ikki haftani jarohat tufayli o‘tkazib yuborgan Gonsalo Iguain safga qaytgan.
Shu bilan birga, jamoaning boshqa hujumchisi Mario Manjukich lazaretga yo‘l oldi. Bu ko‘ngilsiz yo‘qotish.
«Manchester Siti» – «Bazel»: syurprizlar bo‘lmaydi

MANCheSTeR SITI – BAZeL
7 mart. Manchester. «Etihad» stadioni. 00.45 (Match! Futbol 1 – 00.30).
Yo‘qotishlar: Mendi, Fernandinyu Balanta (jarohat), Vaylati, Sterling (so‘roq ostida)
Hakam: Kralovets (Chexiya).
Birinchi o‘yin – 4:0.
Ikkinchi o‘yinda intriga yo‘q. «Manchester Siti» Shveytsariyada «Bazel»ni 4:0 hisobida yenggan va endi o‘rinbosarlar tarkibini sinovdan o‘tkazish mumkin. Ammo Xosep Gvardiola futbolchilarning ishtiyoqini tushirib qo‘ymaslik uchun aralash tarkibni o‘ynatishi ham mumkin. U muxlislarni ham o‘ylaydigan murabbiy – ularga xursandchilik bag‘ishlash uchun chiroyli o‘yin qilish kerak, qolaversa, unga maksimal natijalar yoqadi.
«Manchester Siti» uchun bu Chempionlar ligasidagi ikkinchi chorak final uchrashuvi bo‘ladi. «Shaharliklar» bundan avval, 2016 yili Kiyevning «Dinamo» jamoasini yengib (0:0, 3:1), shu bosqichga chiqqandi.
Mavzuga oid
20:31 / 16.04.2025
«Butun dunyo o‘yin tugadi, deb o‘ylagandi». «Real»ning YeChL pley-offlaridagi 5 ta kambeki
12:16 / 05.03.2025
Madrid derbisida shedevr gollar, «Arsenal»da rekord hisob. YeChLda kun o‘yinlari
16:33 / 21.02.2025
YeChL qur’asi: «Liverpul»ga «PSJ» raqib va Madrid derbisi
16:14 / 19.09.2024