Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Misr parlamenti portlovchi moddalar saqlaganlik uchun o‘lim jazosi berilishini ma'qulladi
Misr parlamenti teraktlar amalga oshirish uchun portlovchi qurilma saqlash, tayyorlash va o‘tkazish uchun o‘lim jazosi berilishini ko‘zda tutuvchi qonun loyihasiga ovoz berdi.
“Al-Ahram” nashri ma'lumotlariga ko‘ra, hukumat jinoyat kodeksiga kiritilgan, portlovchi qurilma va moddalar noqonuniy aylanmasi, ularni saqlash va tayyorlash uchun jazoni qat'iylashtiruvchi tuzatmalarni ko‘pchilik deputatlar qo‘llab-quvvatlagan. Agar prokuratura portlovchi qurilma teraktda qo‘llash uchun tayyorlangani va saqlanganini isbotlay olmasa, ayblanuvchiga umrbod qamoq jazosi berilishi mumkin.
Misr 3 yildan beri Sinay yarimoroli shimolida aksilterrorchilik amaliyotini olib boradi. Bu yerda yetib borish mumkin bo‘lgan hududlarda ekstremistik guruhlar qo‘nim topgan. Oxirgi vaqtda hududda terrorchilar harakati tufayli yuzlab politsiyachilar halok bo‘lgan va jarohatlangan.
Mavzuga oid
16:28 / 23.05.2025
Eron 2023 yilda Ozarboyjon elchixonasiga hujum qilgan erkakni qatl qildi
14:56 / 22.05.2025
Moskva chet elliklarni urushga qanday jalb qilmoqda? Fuqaroligini yo‘qotgan misrlik yollanma askar hikoyasi
15:41 / 19.05.2025
O‘zbekiston-Misr neft-kimyo va energetika sohasida loyihalarni amalga oshiradi
19:47 / 13.05.2025