Jahon | 08:30 / 07.03.2018
7704
1 daqiqa o‘qiladi

Tramp Yevropaga boj joriy etish bilan tahdid qildi

Foto: Evan Vucci/AP

AQSh prezidenti Donald Trampning ma'lum qilishicha, Vashington Yevropa davlatlaridan Qo‘shma Shtatlarga avtomobil importi uchun 25 foiz miqdorida boj joriy etishi mumkin. Bu haqda USA Today xabar qilmoqda.

«YeI AQSh bilan o‘zini ancha qat'iy tutdi. Ular o‘zlari bilan biznes yuritishni deyarli imkonsiz qilib qo‘ydi, biroq AQShga mashinalarini yuborishda davom etishmoqda. Biz ularning mashinalariga 25 foizlik miqdorda boj joriy etishimiz mumkin», - deya aytib o‘tdi Tramp.

Biroq uning qayd etishicha, tomonlar savdo kelishmovchiligini to‘g‘ri yo‘l bilan hal etishi ham mumkin.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid