Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda avtomashinani o‘g‘irlab, yoqib yuborganlar qo‘lga olindi
Toshkent shahrining Sergeli tumanida jinoyat sodir bo‘ldi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.
Qayd etilishicha, 5 mart kuni noma'lum shaxs Sputnik 3-daha 21-uy oldida qarovsiz qoldirilgan shu uyda yashovchi, S.R.ga tegishli “VAZ-2105” rusumli avtomashinasini haydab qochgan.
Olib borilgan qidiruv ishlari natijasida Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumani Do‘stlik jamoa xo‘jaligi hududidan avtomashina to‘liq yongan holda topilgan. Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Sergeli tumani 7-daha 8-uyda yashovchi, 1997 yilda tug‘ilgan I.G. va 4-daha 14-uyda yashovchi, 1996 yilda tug‘ilgan T.G. sodir etganligi aniqlanib, qo‘lga olingan.
Mavzuga oid
16:26 / 27.05.2025
Markaziy Osiyoning eng yaxshi shahri aniqlandi
14:30 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
11:16 / 24.05.2025
Toshkentda 22 yoshli yigit ko‘chada tanishini pichoqladi
09:39 / 23.05.2025