Jahon | 08:07 / 09.03.2018
16042
2 daqiqa o‘qiladi

Dubaydan faqat ayollar tomonidan boshqarilgan eng katta yo‘lovchi samolyot parvoz qildi (video)

Foto: Videodan kadr

8 mart bayrami arafasida BAAning Emirates aviakompaniyasi ayollar jamoasi tomonidan boshqarilgan transatlantik parvozni amalga oshirdi. Kompaniya bu bilan ayollar erkaklar ko‘proq bo‘lgan sohalardagi vazifalarni ham bajara olishlarini ko‘rsatmoqchi bo‘lgan. 

EK 225 sonli maxsus reys Dubaydan San-Frantsiskoga 25 dan ko‘proq millatga mansub 75 nafardan ko‘proq ayolning sa'y-harakatlari evaziga minglab mil masofani uchib o‘tdi. Reys “superayollar reysi” deb nom oldi. Reys dunyodagi eng katta yo‘lovchi samolyoti A380’da bajarilgan. Samolyotni kanadalik Patritsiya Bishoff va britaniyalik Rebekka Lugid boshqargan. Ekipajga polshalik Veronika Formela boshchilik qilgan.

Reysga boshidan oxirigacha faqat ayollar xizmat ko‘rsatgan. Reysga tayyorgarlik ko‘rish tasvirlangan videorolikda barcha xodimlar – texniklar, muhandislar, dispetcherlar, xizmat ko‘rsatuvchi personal va xavfsizlik xizmati xodimlari ayollar bo‘lganini ko‘rish mumkin.

75 dan ko‘proq ayolning bu hamkorligi Emirates Group xodimlar tarkibida turli millat vakillari ishlashini ko‘rsatadi.

Kompaniyada turli lavozimlarda 1150ga yaqin ayol ishlaydi. Kompaniyaning 40 foiz ishchilarini ayollar tashkil qiladi. 

Mavzuga oid