O‘zbekiston | 10:50 / 09.03.2018
5301
1 daqiqa o‘qiladi

Lahorda Pokiston-O‘zbekiston savdo markazi ish boshladi

Foto: Dreamstime.com

2 mart kuni Islomoboddagi O‘zbekiston elchixonasi va Panjob viloyati bir qator yirik kompaniyalari ko‘magida Lahorda Pokiston-O‘zbekiston savdo va madaniyat markazining (TTK) ochilishi bo‘lib o‘tdi, deya xabar beradi «Jahon» AA.

Mamlakatning kattaligi bo‘yicha ikkinchi shahridagi Pokiston-O‘zbekiston savdo va madaniyat markazi O‘zbekiston tovarlari hamda xizmatlarini eksport qilishni rag‘batlantirish, savdo-sotiq va sarmoyaviy hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini izlab topish maqsadida muntazam ravishda ish olib boradi.

Markaz O‘zbekiston eksportchilariga Pokiston bozorida birgalikda marketing tadqiqotini o‘tkazish, shuningdek, tadbirkorlar va turoperatorlarga ikki tomonlama hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatlar beradi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid