Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Nasaf» superligada dastlabki g‘alabasiga erishdi
O‘zbekiston superligasining 2-turidan o‘rin olgan markaziy uchrashuvlardan birida Qarshining «Nasaf» klubi o‘z uyida «Buxoro»ni qabul qildi.
Uchrashuvning birinchi bo‘lim avvalida San'at Shixov mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqqandi. Ko‘p o‘tmay Azizjon G‘aniyev hisobni tenglashtirdi. Ikkinchi bo‘limda endi qarshiliklar o‘ziga kelishdi. Bo‘lim boshida Bobur Abduholiqov va o‘yin so‘nggida Slavko Lukich tomonidan kiritilgan gollar «Nasaf» yangi formatdagi chempionatda ilk g‘alabani keltirdi.
Ortda qolgan 2-turdan so‘ng «Nasaf» ochkolari sonini 4taga yetkazib oldi. «Buxoro» esa 3 ochko bilan qoladigan bo‘ldi.
O‘zbekiston Superligasi, 2-tur
«Nasaf» – «Buxoro» 3:1
Gollar: Azizjon G‘aniyev (35), Bobur Abduxoliqov (46), Slavko Lukich (90+3) — San'at Shixov (18).
«Nasaf»: 35. Sanjar Quvvatov, 6. Azizjon G‘aniyev (20. Islom Kenjaboyev, 81), 8. Sanjar Rashidov (7. Odiljon Hamrobekov, 46), 10. Bobur Abduholiqov, 14. Sharof Muhiddinov, 22. Igor Golban, 27. Islom Rashidxonov (4. Maqsud Karimov, 69), 31. Saydullo Rahmatov, 55. Slavko Lukich, 77. Jasur Hasanov, 92. Umarbek Eshmurodov.
«Buxoro»: 30. Asilbek Omonov, 7. Arslonmurod Omonov (77. Javohir Qahramonov, 75), 8. Salamat Quttiboyev (86. Aziz Ibragimov, 62), 10. Shavkat Salomov, 11. San'at Shixov, 16. Artyom Filiposyan, 18. Shavkat Mullajonov, 22. Shahboz Erkinov (14. Bahodir Nasimov, 46), 27. Rabbimjon Hasanov, 55. Rahmatulla Berdimurodov, 89. Sergey Rusetskiy.
Ogohlantirishlar: Sanjar Rashidov (44), Artyom Filiposyan (78), Asilbek Omonov (84).
Mavzuga oid
22:14 / 27.05.2025
«Nasaf» «Andijon»ni mag‘lub etib, O‘zbekiston Superkubogi egasi bo‘ldi
17:54 / 01.11.2024
«Nasaf» – o‘z tarixida ilk bor O‘zbekiston chempioniga aylanib, Toshkent klublarining 23 yillik gegemonligiga chek qo‘ydi
00:00 / 24.10.2024
OChL-2. «Nasaf» Iordaniyada mag‘lubiyatga uchrab, guruhida 3-o‘ringa tushdi
21:16 / 02.10.2024