O‘zbekiston | 18:33 / 09.03.2018
17611
1 daqiqa o‘qiladi
Toshkentning Sebzor dahasidagi masjidga birinchi g‘isht qo‘yildi
2018 yil 9 mart juma kuni Toshkent shahridagi “Ko‘h ota” jome masjidining yangi binosi qurilishi uchun birinchi g‘isht qo‘yildi. Bu haqda O‘zbekiston Musulmonlari idorasi matbuot xizmati xabar berdi.
Ushbu tadbirda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari shayx Abdulaziz Mansur boshchiligida ulamolar, otaxonlar va masjid qavmi qatnashishdi. Otaxonlar masjidning birinchi g‘ishtini qo‘yib berdilar.
Ma'lumot uchun, hozirda Toshkent shahrida “Suzuk ota” jome masjidi qurilish ishlari jadallik bilan davom ettirilmoqda. Shuningdek, poytaxtdagi “Imom Termiziy” jome masjidining qurilish ishlari ham yakuniga yetib bormoqda.
Mavzuga oid
22:45 / 10.11.2024
Toshkentda «zakladchik»ni kaltaklagan uch nafar shaxs qo‘lga olindi
10:47 / 08.11.2024
Toshkentda ayrim ko‘chalar yopilishi haqidagi xabarlar rad etildi
16:17 / 07.11.2024
“Toshkent shahri atrofidagi issiqxonalarning 60 foizi ko‘mir, rezina shinalar yoqyapti” – Ekologik partiya
20:44 / 06.11.2024